Missisipi shtati O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha maxsus rezolyutsiyani qabul qildi
Qo‘shma Shtatlarning ushbu hududi harbiy, ta’lim va tadbirkorlik sohalarida O‘zbekiston bilan hamkorlik qiladi.

Foto: dunyo.info
O‘zbekistonning Qo‘shma Shtatlardagi elchisi Javlon Vahobov Missisipi shtati Senati va Vakillar palatasining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etdi.
Unda qonunchilar Shtat milliy gvardiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning 10 yilligi, shuningdek, respublikamiz bilan hamkorlikni kengaytirishni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan rezolyutsiyaning qabul qilinishini bir ovozdan yoqlab ovoz berdilar.
2019 yilda birinchi marta ushbu shtatning sobiq gubernatori Fil Brayant boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Missisipi davlat universiteti va Alkorn universiteti Toshkent davlat agrar universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. O‘z navbatida, Zarafshon va Klinton shaharlari o‘rtasidagi birodarlik aloqalari o‘rnatildi.
Missisipi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general Jyenson Boylz ham o‘zaro munosabatlar harbiy aloqalar bilan cheklanib qolmagani, ikki tomonlama munosabatlar keng doirani, shu jumladan, akademik va ishbilarmonlar o‘rtasidagi aloqalarni ham qamrab olganini alohida ta’kidladi. Uning aytishicha, o‘tgan o‘n yil davomida hamkorlik samarali bo‘lib, tomonlarning harbiy xizmatchilar ishtirokidagi musobaqalari, shuningdek, o‘quv dasturlari bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish sezilarli darajada faollashdi.
2022 yilda Missisipi Milliy gvardiyasi aynan O‘zbekiston bilan samarali hamkorlik qilgani uchun «Yil hamkorligi» nominatsiyasida ikkinchi o‘rin bilan taqdirlangani ham qayd etildi.
Missisipi shtati qonun chiqaruvchi palatalari yig‘ilishi yakuniga ko‘ra, deputatlar va senatorlar rezolyutsiyani yoqlab ovoz berishdi. Qonunchilik hujjatining asl nusxasi O‘zbekiston elchisi Javlon Vahobovga topshirildi.
Mavzuga oid

18:40
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

18:20
AQShda bortida 20 kishi bo‘lgan samolyot qulab tushdi. Barcha tirik qoldi

15:06 / 08.06.2025
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan

22:08 / 07.06.2025