Prezident sovrini uchun eng yaxshi startap tanlovi o‘tkaziladi
Hukumat qarori bilan Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi

Foto: Shutterstock
Nizomga ko‘ra, tanlov 2023 yil maydan har yili quyidagi 5 ta asosiy hamda 1 ta maxsus yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:
- sun’iy intellekt texnologiyalari;
- ijtimoiy yo‘nalishda raqamli texnologiyalar;
- axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari;
- tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
- kompyuter va mobil o‘yin dasturlari.
Tanlovning asosiy yo‘nalishlarida 30 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari bir jamoa tarkibida (3–8 kishi) qatnashadi.
Maxsus yo‘nalishda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidenti bo‘lgan tashkilotlarda ishlayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham (3–5 kishi) ishtirok etishi mumkin.
Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda aniqlanadi:
- asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha – jamoatchilik tomonidan maxsus portalda ovoz berish orqali;
- maxsus yo‘nalish bo‘yicha – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan.
Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
5 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha:
1-o‘rin uchun – 100 ming AQSh dollari;
2-o‘rin uchun – 50 ming AQSh dollari;
3-o‘rin uchun – 30 ming AQSh dollari;
Maxsus yo‘nalish bo‘yicha (bitta) – 100 ming AQSh dollari.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Zoyid nomidagi xalqaro mukofotning hakamlar hay’atiga kiritildi
O‘zbekiston | 20:03
-
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi
O‘zbekiston | 19:58
-
Muhammadali O‘rinboyev «Antverpen» safiga o‘tdi
Sport | 19:58
-
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46
Mavzuga oid

19:52 / 29.04.2025
O‘zbek tilida yozilgan birinchi startap qo‘llanmasi taqdim etildi

15:53 / 18.02.2025
Ayrim startap loyihalarga 2 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

08:33 / 17.12.2024
Davlat banklari mahalla startaplariga 50 mln dollar ajratadi

18:57 / 16.10.2024