O‘zbekiston | 21:22 / 07.02.2023
6040
1 daqiqa o‘qiladi

«Ural Airlines» O‘zbekistonning 6 ta shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Rossiyaning Yekaterinburg shahridan Qarshi, Farg‘ona, Nukus, Navoiy, Urganch va Buxoroga parvozlar amalga oshiriladi.

Foto: AP

Rosaviatsiya tashkiloti «Ural Airlines» kompaniyasga O‘zbekistonning 6 ta shahriga parvoz qilishga ruxsat berdi.

Qatnovlar 2023 yil yozidan boshlab, Rossiyaning Yekaterinburg shahridan Qarshi, Farg‘ona, Nukus, Navoiy va Urganchga (haftasiga 4 marta), shuningdek, Buxoroga (haftasiga 3 marta) amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, aviakompaniya Yekaterinburgdan Namanganga (yozgi mavsumda haftasiga 5 marta) va Samarqandga (qishki mavsumda haftasiga 7 marta) parvozlar sonini oshiradi.

«Ural Airlines» kompaniyasiga hammasi bo‘lib Rossiyaning 13 ta shahridan O‘zbekistonga parvoz qilishga ruxsat berildi: Yekaterinburgdan tashqari, Krasnodar, Grozniy, Nijniy Novgorod, Nijnevartovsk, Sochi, Qozon, Maxachqala, Mineralniye vodi, Chelyabinsk, Jukovskiy, Rostov-na-Donu. Shuningdek, Sankt-Peterburgdan qatnovlar soni ham oshirilishi mumkin.

Mavzuga oid