Samarqandda noyob qush topildi
Jomboy tumanida yashovchi Umarbek Navro‘zov uyi yaqinidan noyob qush topib oldi. Samarqand viloyati ekologiya boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur qush ko‘rinishidan mahalliy qushlarga o‘xshamagani sababli fuqaro mutaxassislarga murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, ushbu qush bugungi kunda yo‘qolib borayotgan noyob tur hisoblanib, Qizil kitobga kiritilgan «Qora bo‘yinli Grebe» qushidir.
Ushbu tur Shimoliy Amerikaning g‘arbiy qismida, Yevrosiyoning mo‘’tadil va subtropik kengliklarida, qisman Afrikada yashaydi. Rossiyalik olimlar ko‘p yillardan beri Grebe populyatsiyasini o‘rganib kelmoqda.
Ayni paytda mazkur qush tuman davlat inspektorlari tomonidan nazoratga olinib, maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Tez orada tabiat qo‘yniga qaytarilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

13:52 / 09.03.2025
Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

16:25 / 26.02.2025
Samarqand viloyatida yana ikki tuman hokimlari o‘zgardi

11:16 / 26.02.2025
Jomboy tumaniga yangi hokim tayinlandi

18:59 / 13.02.2025