O‘zbekiston | 11:16 / 26.02.2025
14539
1 daqiqa o‘qiladi

Jomboy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jomboyga so‘nggi besh yil davomida rahbarlik qilib kelgan Qayum Sobirov o‘rnini Xurshid Nazarov egalladi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Xurshid Nazarov Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

U shu paytgacha Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Nazarov endi Jomboyga 2020 yil aprelidan buyon rahbarlik qilib kelgan Qayum Sobirov o‘rnida ish boshladi.

Ma’lumot uchun, Xurshid Nazarovning akasi Umid Nazarov ham bir muddat, 2019 yil yoziga qadar ushbu tumanga hokimlik qilgan.

Bundan oldinroq Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida ham hokim o‘zgargan — tumanga 2023 yil oktyabridan buyon rahbarlik qilib kelgan Muxtor Hayitmurodov o‘rnini G‘olib Murodov egallagandi.

Mavzuga oid