O‘zbekistonda aholisi soni eng kam bo‘lgan shahar ma’lum qilindi
Doimiy aholisi soni eng kam bo‘lgan hududlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz
2023 yilning 1 yanvar holatiga respublikadagi doimiy aholi soni 36 million 24,9 ming kishini tashkil etgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholisi soni eng kam bo‘lgan shaharlar bo‘yicha birinchi o‘rinda G‘ozg‘on shahri qayd etildi – 9,1 ming kishi.
Keyingi o‘rinlardan doimiy aholisi soni mos ravishda 19,3 ming kishi hamda 40,7 ming kishi bo‘lgan Shirin shahri va Ohangaron shahri joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
— Xonobod shahri – 45 ming kishi;
— Yangiyer shahri – 46,8 ming kishi;
— Nurafshon shahri – 54,1 ming kishi;
— Kogon shahri – 63,8 ming kishi;
— Yangiyo‘l shahri – 81,9 ming kishi;
— Zarafshon shahri – 86,5 ming kishi;
— Kattaqo‘rg‘on shahri – 93,6 ming kishi.
Mavzuga oid

10:20
O‘zbekistonning doimiy aholisi bir asrda qanchaga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi

20:25 / 10.02.2025
Xitoyda yangi oila qurish holatlari 45 yildagi eng past ko‘rsatkichga yetdi

13:59 / 09.02.2025
O‘zbekistondagi aholisi eng ko‘p bo‘lgan shahar va tumanlar ma’lum qilindi

15:04 / 05.02.2025