Barselonadan Marselga qurilayotgan vodorod quvuri Germaniyagacha uzaytiriladi
Barselonadan Marselgacha qurilayotgan H2Med vodorod quvuri endi Germaniyagacha uzaytirilishi rejalashtirilgan.

Foto: Imago
Fransiya va Germaniya Barselona va Marsel o‘rtasida qurilishi rejalashtirilgan vodorod quvurini Germaniyagacha uzaytirmoqchi. Bu haqda 22 yanvar, yakshanba kuni Yelisey shartnomasining 60 yilligi munosabati bilan imzolangan ikki davlatning qo‘shma deklaratsiyasida aytiladi.
Hujjatda qayd etilganidek, mamlakatlar vodorodni butun Yevropaga tashish uchun «Yevropa vodorod magistrali»ni yaratish niyatida. «Bu zarur milliy va transchegaraviy vodorod infratuzilmasini, xususan, mavjud va rejalashtirilgan infratuzilmalarni kengaytirish va ulashni, shu jumladan manfaatdor sheriklar bilan kelishilgan holda H2Med quvurini Germaniyaga uzaytirishni o‘z ichiga oladi», deyiladi deklaratsiyada.
«Biz H2Med quvuri loyihasini kengaytirishga qaror qildik, u Yevropa moliyalashi tufayli Ispaniya, Portugaliya va Fransiyani Germaniya bilan bog‘laydi, bu loyiha infratuzilmasi bo‘yicha hamkorga aylanadi», — dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron.
Ikkala davlat ham aprel oyi oxirigacha «strategik qarorlar» qabul qilish uchun vodorod bo‘yicha vazirlar darajasidagi «yuqori darajadagi ishchi guruh» tuzmoqchi. AFP agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya va Fransiya vodorod ishlab chiqarish usuli haqida qaror qabul qilishlari kerak.
Germaniya qayta tiklanadigan energiya manbalari yordamida ishlab chiqarilgan «yashil vodorod»dan foydalanishni talab qilmoqda. Fransiya, o‘z navbatida, yadro energiyasidan foydalangan holda ishlab chiqariladigan «qizil vodorod»ni afzal ko‘radi, deb yozadi AFP.
Quvur loyihasiga ko‘ra, uning ishga tushirilishi 2030 yilda amalga oshirilishi kerak. U orqali yiliga ikki million tonnaga yaqin vodorod tashilishi rejalashtirilgan. Loyihani kengaytirishdan oldingi umumiy qiymati taxminan 2,5 milliard yevroga baholangan.
2030 yilda Yevropa Ittifoqi o‘n million tonnaga yaqin «yashil» vodorod ishlab chiqarish va shu miqdorni import qilish niyatida, dedi avvalroq Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen. Buning uchun Pireney yarimorolidan quvur kabi transport imkoniyatlari zarur, dedi u.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Rossiyada milliy messenjer yaratish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Jahon | 19:19
-
Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi
O‘zbekiston | 19:00
-
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston | 18:33
-
Gretsiyaning Xios orolini o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi - fotolar
Jahon | 18:29
Mavzuga oid

19:09 / 21.04.2025
Airbus vodorodda uchadigan «yashil» samolyotini taqdim etishni kechiktirdi

20:00 / 13.04.2025
Xitoy uzluksiz 30 soatgacha parvoz qilishga qodir dronni taqdim etdi

18:55 / 14.09.2024
AQShda vodorodda harakatlanadigan noyob samolyot taqdim etildi

07:53 / 30.08.2024