O‘zbekistonda piyoz eksporti vaqtincha cheklandi

O‘zbekistonda 2023 yil 1 yanvardan boshlab 4 oyga piyoz eksportiga vaqtincha cheklov joriy etilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qishloq xo‘jaligi vazirligi agrotexnologiyalar bosh boshqarmasi boshlig‘i Zafar Ortiqov ma’lum qildi.
Ushbu qaror ichki iste’mol bozor narxini arzonlashtirish, aholining iste’mol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Bugungi kunda hududlarda jami 319 ming tonna piyoz mahsuloti borligi tasdiqlanmoqda. Bu esa joylarda piyoz zaxirasi mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Mutaxassislarning tahlillariga ko‘ra, aholi iste’mol talabi doirasida mavjud zaxiraga qo‘shimcha 26,5 ming tonna piyoz kerakligini ko‘rsatmoqda. Ushbu mahsulotlarni import qilish bo‘yicha xorijiy davlatlardagi sohaviy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Bundan oldinroq anomal sovuq ob-havo ta’siri natijasida Toshkent shahridagi markaziy dehqon bozorlarida piyozning ulgurji narxi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 barobarga qimmatlashgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

11:53 / 11.04.2025
Piyoz narxi nega qimmatlashdi?

22:29 / 11.06.2024
Suvtekin piyozni haydab tashlash kerak emas: uni kesib quritib daromad olish mumkinligi aytilmoqda

20:23 / 07.06.2024
“Hosili ko‘p, xaridori yo‘q piyoz” - bahorgi piyoz nega dalada qolib ketyapti?

08:30 / 07.05.2024