Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Android smartfonlari ham sun’iy yo‘ldosh aloqasiga ega bo‘ladi
Bu nafaqat SOS signalini yuborish, balki dunyoning deyarli istalgan nuqtasida xabar almashish imkonini beradi.

Foto: Karissa Bell / Engadget
Yangi iPhone’dan keyin favqulodda sun’iy yo‘ldosh aloqasi funksiyasi Android smartfonlarida ham paydo bo‘ladi. Qualcomm o‘zining Snapdragon Satellite texnologiyasini CES 2023 ko‘rgazmasida taqdim qildi.
Bu funksiya 66 ta sputnikka ega Iridium kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushiriladi. Bu nafaqat SOS signalini yuborish, balki dunyoning deyarli istalgan nuqtasida xabar almashish imkonini beradi, deb yozdi Engadget.
Sun’iy yo‘ldosh aloqasidan Snapdragon 8 Gen 2 protsessori va Snapdragon X70 modemiga ega yangi smartfonlarda foydalanish mumkin bo‘ladi. Bunday qurilmalar yilning ikkinchi yarmida savdoga chiqarilishi kutilmoqda.
Engadget taxminiga ko‘ra, Qualcomm funksiyasi orqali yuborilgan SMS xabarlar uchun qo‘shimcha haq olinadi. Kompaniyaning o‘zi yangi xizmat qiymati qancha bo‘lishini ma’lum qilmadi, ammo katta ehtimol bilan bu oddiy SMS narxidan qimmat bo‘ladi. Biroq, bu uyali aloqa yo‘q joylarda oila yoki do‘stlar bilan aloqada bo‘lish uchun yaxshi imkoniyatdir.
Sun’iy yo‘ldosh aloqasi funksiyasi yangi iPhone’larning sentabrdagi taqdimotida e’lon qilingan edi. Biroq u oktyabr oyi oxirida iOS 16.1 yangilanishi chiqarilishi bilan ishlay boshlaydi. Apple kompaniyasi bu borada katta rejalari borligini tasdiqladi.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, funksiya boshqacha ishlaydi. Sun’iy yo‘ldosh aloqasi haqida gapirganda, gap ovozli qo‘ng‘iroqlar, SMS yoki messenjerdan foydalanish haqida ketmayapti. Uning yordamida faqat favqulodda vaziyatlar xizmatiga favqulodda signallarni yuborish mumkin. Sun’iy yo‘ldosh aloqasi hozirda bepul, ammo kelajakda Apple buning uchun obuna shaklida haq oladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi
Jahon | 21:38
-
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda
O‘zbekiston | 21:33
-
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi
O‘zbekiston | 21:14
Mavzuga oid

20:34 / 11.07.2025
Xitoylik olimlar razvedka va qutqaruv operatsiyalari uchun kiber-ari yaratdi

20:28 / 09.07.2025
Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi tarixdagi rekord darajaga yetdi

21:52 / 04.07.2025
Boeing 2,8 mlrd dollar evaziga Pentagonga ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazib beradi

21:12 / 02.07.2025