Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suvsiz qoladigan O‘zbekiston
O‘zbekistonni suvsiz kelajak kutyaptimi? Iqlimshunoslarning prognozlari xavotirli – yaqin yillarda O‘zbekiston katta bir cho‘l zonasiga aylanishi kutilmoqda. Mamlakatimizning katta qismi iqlim o‘zgarishlari va suvdan bebiliska foydalanishning og‘ir va ayanchli oqibatlarini aks ettiradigan katta cho‘l hudud bo‘lib qolishi ehtimoli yuqori.

Amudaryo va Sirdaryodagi suvning tobora kamayib ketayotgani, yog‘inlar kamroq yog‘a boshlagani, qishloq xo‘jaligi, sanoat va aholi iste’mol qilayotgan suv miqdorining oshishi, turli maqsadlarda yerosti suvlaridan intensiv foydalana boshlaganimiz oqibatlari aholi uchun ayanchli oqibatlar olib kelishi tobora oydinlashmoqda.
So‘nggi yillarda nafaqat shaharlarni yashillashtirish va iste’mol qilish uchun quduqlar qazilyapti, balki ko‘plab qishloq yerlarda, cho‘llashgan yerlar va adirlarda ham ekinlar yerosti suvlari bilan sug‘orilyapti. Daryolar sathi pasayishi, ulardan oqib kelayotgan suv miqdorining keskin kamayishi, qo‘shni mamlakatlar turli to‘g‘onlar qurib, suv yo‘llarini to‘sishi O‘zbekiston uchun murakkab vaziyatni yuzaga keltiryapti. Allaqachon ko‘plab hududlar – aholi yashash punktlari, qishloqlar, dalalar suvsiz qolganligi ma’lum. Viloyatlarning chekka hududlarida ichimlik suvi katta muammo ekanini, odamlar necha yillarki oddiy kundalik ehtiyoj uchun suvni kilometrlar uzoqlardan tashib keltirishi bugungi kunda oddiy holga aylangan.
Shu bilan birga katta shaharlarimizda suvni isrof qilish eng dahshatli darajada. Shaharlarda aholi ko‘paygani sayin iste’mol ham oshib boryapti, lekin ratsional iste’mol tushunchasi o‘zbekistonliklar uchun begona. Uzoq bir chekka qishloqda kimdir bir tomchi suvga zor, markaz shaharlarda esa odamlar tonnalab suvni... hojatxonaga oqizadilar. Sanoqsiz avtoyuvish shoxobchalari, sanoatning turli sohalarida ishlatilayotgan millionlab kub suv, issiq oylarda ko‘chalardagi yashil hududlarni nazoratsiz holda sug‘orishlar...
Nima qilmoq kerak? Yana 10 yildan so‘ng iqlim migrantlari ko‘payib ketmasligi, global ko‘chishlar avj olmasligi, suv uchun urushlar boshlanmasligi uchun nimalar qilmoq kerak?
#BORICHA podkastining navbatdagi sonida yuqoridagi muammo yuzasidan Davlat geologiya qo‘mitasi Gidrogeologiya va geoekologiya boshqarmasi boshlig‘i Rasuljon Begmatov va O‘zgidrometeorologiya yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov bilan suhbatlashdik.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bo‘stonliq tog‘laridagi yong‘in qariyb 7 soatda o‘chirildi
O‘zbekiston | 21:48
-
Sea Breeze Uzbekistan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi - ekologiya vaziri
O‘zbekiston | 21:40
-
Yakuniga yetgan imtihonlar, Chorvoq va Sheroboddagi o‘rmon yong‘inlari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:15
-
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
Jahon | 21:02
Mavzuga oid

14:33 / 21.07.2025
Ortiqchasi zarar, ozi xavfli: kunlik suv iste’moli qancha bo‘lishi lozim?

11:49 / 12.07.2025
O‘zbekistonda aholining suvdan qancha qarzi borligi aytildi

10:19 / 12.07.2025
Xitoy O‘zbekistonda suv resursini tejash loyihalariga jalb etiladi

07:41 / 12.07.2025