Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iste’fodagi nemis generali: Ukrainada 2023 yilda sulh tuzilishi mumkin
Germaniya qurolli kuchlarining iste’fodagi generali Xans-Lotar Domryozening fikricha, Ukrainada sulhga 2023 yilda erishilishi mumkin. Bu fikrni u Funke media-guruhi nashrlariga bergan intervyusida bildirdi.

Foto: Twitter/RND
Domryozening so‘zlariga ko‘ra, Ukraina ham, Rossiya ham harbiy maqsadlariga erishish uchun yaqin bir necha oy ichida yana bir hujumni boshlaydi. Biroq yoz boshida Moskva ham, Kiyev ham hududlar ustidan nazoratni kengaytirish imkoniyati bo‘lmasa, bundan keyin ham kurashish befoyda ekanini tushunishi mumkin.
Aynan o‘shanda sulh bo‘yicha muzokaralar vaqti keladi, deb tan oldi Bundesverning iste’fodagi generali.
Germaniya tashqi siyosat jamiyatining Rossiya bo‘yicha eksperti Andras Rats ham yozgi muzokaralar va ular ortidan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi joriy etilishini kutmoqda.
«Yil oxirigacha qandaydir sulhga erishamiz, bunga ishonchim komil», dedi u va «to‘qnashuvlar albatta kamroq bo‘lishi»ni qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Ekspert Rossiya Federatsiyasida 2024 yilda kutilayotgan prezidentlik saylovlariga ishora qildi. Moskva saylovlar oldidan yoki saylov paytida shiddatli urush olib borishni istashi dargumon, deb hisoblaydi Rats.
So‘nggi yangiliklar
-
Qozonda qurol «qaynadi», Trampning ohangi o‘zgardi – hafta dayjesti
Jahon | 16:06
-
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda
Jahon | 15:50
-
Farg‘onada tanishini urib ketgan haydovchi qasddan odam o‘ldirishda ayblanmoqda
O‘zbekiston | 15:48
-
Eron prezidenti Isroilning iyun oyidagi hujumida yaralangan - Fars
Jahon | 15:28
Mavzuga oid

12:59
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

15:10 / 12.07.2025
Harbiy jinoyatlarda ayblangan Rossiya brigadasi komandiri halok bo‘ldi

14:24 / 12.07.2025