O‘zbekiston | 11:30 / 30.12.2022
3440
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Ekvadordan banan importi hajmini oshirdi

Banan importi 57,4 ming tonnaga oshgan.

Foto: Getty Images

2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 127,2 ming tonna banan import qilingan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, banan importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 57,4 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p banan import qilgan davlatlar orasida Ekvador birinchi o‘rinni egalladi – 125,9 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: 

  • Qozog‘iston – 426 tonna;
  • Turkmaniston – 324 tonna;
  • Turkiya – 197 tonna;
  • Hindiston – 144 tonna;
  • Qirg‘iziston – 99 tonna;
  • Xitoy – 19 tonna.

Mavzuga oid