Olimlar uyda tashxis qo‘yadigan qurilma ustida ishlamoqda
Uning yordamida qon tahlilini tezkor olish mumkin bo‘ladi.

Foto: Getty Images
Norvegiya fan va texnologiya universiteti tadqiqotchilari uyda diagnostika qilish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan mikrorezonatorni ishlab chiqishdi. Olimlar ishining natijalari Nature Communications jurnalida chop etilgan.
Mikrorezonator - bu uzun to‘lqinli infraqizil spektrning optik sensori. Olimlarning fikricha, u yorug‘lik yordamida kimyoviy moddalarni tahlil qiladigan qurilmalarda qo‘llanilishi mumkin.
«U oldingi versiyalarga qaraganda yorug‘likni 100 barobar ko‘proq ushlab turishi mumkin. Ushbu yutuq zarrachalarni aniqlash va spektroskopik kimyoviy identifikatsiyalash texnologiyalarini yaxshilashga yordam beradi. Ularning yordamida olimlar gaz yoki suyuqlik namunasida virus, bakteriya yoki boshqa zararli moddalar borligini aniqlashi mumkin», deb tushuntirdi olimlar.
Mikrorezonator lazer nurlarini yaratish uchun ishlatilishi mumkin, ularning spektri bir qator diskret, bir xil masofadagi chastotali chiziqlardan iborat. Ushbu texnologiya GPS va telekommunikatsiya tarmoqlaridan tortib atom soatlarigacha bo‘lgan turli xil elektron qurilmalarda qo‘llaniladi.
Kelajakda bunday sensorlar, masalan, qonda virus va bakteriyalar borligini tezda aniqlash imkonini beradi. Natijada, shifokor oldiga tayyor tahlillar bilan borish mumkin bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident Ko‘kdala tumani markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
O‘zbekiston | 19:16
-
O‘monda tutqunlikda saqlangan ayol va uning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi
Jahon | 19:12
-
Kichik va o‘rta biznes uchun uskunalar ko‘rgazmasi
Jamiyat | 19:00
-
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi
O‘zbekiston | 18:37
Mavzuga oid

18:22 / 24.01.2023
JSST bolalarni zararli dorilardan himoya qilishga chaqirdi

22:57 / 20.01.2023
OITSga qarshi kurashga 120 milliard so‘m va 54 million dollar yo‘naltiriladi - Prezident qarori

21:56 / 20.01.2023
Tuberkulyozga qarshi keng qamrovli chora-tadbirlar belgilandi – prezident qarori

18:27 / 07.01.2023