Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zbekiston temiryo‘llari"ning 11 ta obekti davlat boshqaruvi organlariga beriladi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston temiryo‘llari” aktivlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror bilan "O‘zbekiston temiryo‘llari"ning 11 ta obektlarini davlat boshqaruvi organlari va tegishli tashkilotlarga ulardan samarali foydalanish uchun berilishi, jamiyatning va 8 korxonasini qayta tashkil etilishi belgilanmoqda.
Qarorda shuningdek:
- tegishli vazirlik va idoralar berilayotgan aktivlardan foydalanish va saqlash xarajatlari tegishli vazirlik va idoralar budjetlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi;
- davlat boshqaruvi organlari va tegishli tashkilotlarga, keyinchalik ulardan samarali foydalanish uchun davlat ulushini kamaytirish hisobiga yoki beg‘araz beriladigan “O‘zbekiston temiryo‘llari” va uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalarining aktivlarning o‘tkazilishi tovarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma sifatida qaralmaydi va iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan bepul tovar berilishiga tenglashtirilishi;
- “O‘zbekiston temiryo‘llari” tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi qayta tashkil etilayotgan korxonalarning ustav fondi mazkur korxonalarni sof aktivlari qiymatida shakllantiriladi hamda ushbu mol-mulklar soliq solish obekti sifatida qaralmasligi belgilanmoqda.
Jamiyat tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilgan kreditlari jami 2,9 mlrd dollarni tashkil etib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2022-2025 yillarda kreditlar va ularning foizni qaytarish bo‘yicha to‘lovlarning yillik o‘rtacha miqdori 220 mln dollarni, ya’ni jamiyat yillik tushumining o‘rtacha 25 foizini tashkil etmoqda.
Shunga asosan “O‘zbekiston temiryo‘llari” tarkibidagi nosohaviy aktivlarni, shu jumladan, prezidentning “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ilovalarda “O‘zbekiston temiryo‘llari” tegishli aktivlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar “O‘zbekiston temir-yo‘llari” hisobraqamiga tushirish orqali jalb qilingan kreditlarni qoplashga yo‘naltirilishi belgilanmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03 / 08.07.2025
Mavzuga oid

11:37 / 05.07.2025
Sotilmagan munitsipal obektlar ijaraga beriladi

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

09:53 / 15.06.2025
Andijonda temiryo‘ldagi sisternaga chiqqan erkakni tok urdi

11:30 / 10.06.2025