Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar o‘limi haqidagi ma’lumotlar Sog‘liqni saqlash vazirligidan yashirilgan - SSV
Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev «Dok-1 MAKS» dorisini qabul qilgan bolalarning o‘limi haqidagi ma’lumotlar vazirlikdan yashirilganini aytdi. Shuningdek, farzandidan ayrilgan ota-onalarga hamdardlik bildirdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev
«Dok-1 MAKS» preparatining dozasini oshirib yuborish natijasida 18 nafar jajji farzandimiz olamdan o‘tdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi va barcha tibbiyot xodimlari nomidan ularning ota-onalariga hamdardlik bildiramiz», — dedi vazir.
«Ushbu ma’lumotni Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash mutasaddilari vazirlikdan yashirgan. Bizga bu ma’lumot kelib tushishi bilan o‘sha kuniyoq maxsus ishchi guruh tuzilib, har bir holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda joyida o‘rganib chiqildi. Hozirgi kunda ushbu dori vositasini mamlakatimizda ro‘yxatdan o‘tkazgan, uni olib kelgan va sotuvida ishtirok etgan bir qancha shaxslar huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan hibsga olindi. Ushbu holatga panja orasidan qaragan, o‘z vazifasiga loqaydlik qilgan, kerakli choralarni ko‘rmagan tibbiyot xodimlari, mas’ul shaxslar o‘z lavozimidan ozod etildi», dedi Musayev.
Avvalroq, DXX «Dok-1 MAKS» dorisi bilan bog‘liq voqealar bo‘yicha gumondor shaxslar hibsga olingani haqida xabar bergan edi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida ikkita yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochildi
Iqtisodiyot | 07:50
-
Eron rasmiysi: Zangezur yo‘lagi «Tramp yollanma askarlari qabristoni»ga aylanadi
Jahon | 07:41
-
Hafta boshida harorat 40 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 07:32
-
O‘zbekistonda birinchi marta tungi yorug‘lik asosida iqtisodiy faollik baholandi
Iqtisodiyot | 07:17
Mavzuga oid

16:28 / 23.09.2024
Behzod Musayev yangi lavozimga o‘tkazildi

16:19 / 23.09.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘zgardi

15:10 / 17.09.2024
“O‘zbek hamshiralari Germaniyaga 2200 yevro topgani jo‘natilmoqda” – Behzod Musayev

18:44 / 08.08.2024