Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘zgardi
Prezident yig‘ilishida Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Prezident o‘tkazayotgan yig‘ilishda Bandlik vazirligining hozirgi ish yuritishi bilan tegishli marralarga erishib bo‘lmasligi qayd etildi. Bu vazirlik faoliyati ham mutlaqo boshqacha bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi.
Mahallabay agentligi tugatilib, uning barcha vazifalari hamda hokim yordamchilari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tadi.
Botir Zohidov 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003 yil Toshkent moliya institutini, 2008 yil Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Zohidov 20 yil davomida bank tizimida ishlagan. Markaziy bankda valuta ayirboshlash va konversion operatsiyalar maxsus boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2017 yil avgustida Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. 2020 yildan MB raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2022 yil sentabrida Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlangandi.
23 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Botir Zohidov nomzodini kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga ma’qullagandi.
Vazirlikka 2022 yil dekabridan buyon Behzod Musayev rahbarlik qilib kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Uch qahramon» bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)
Jamiyat | 05:42
-
Tramp uysizlarni Vashington tashqarisiga chiqarib yubormoqchi
Jahon | 01:25
-
AQShda Labubu qo‘g‘irchoqlari o‘g‘rilar nishoniga aylanmoqda
Jahon | 01:11
-
Polshada YeI pullari yaxtalar va saunalar uchun sarflangani aytilmoqda - Bryussel izoh talab qildi
Jahon | 00:48
Mavzuga oid

11:20 / 07.08.2025
Sudyalar oliy kengashida “rekord”: rais vakolat muddati tugashi arafasida 100 dan ortiq tayinlovni amalga oshirdi

19:26 / 05.08.2025
Samarqand viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

19:08 / 05.08.2025
Samarqand viloyati hokimiga 4 nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:02 / 05.08.2025