Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda noqonuniy o‘rdak ovlaganlar ushlandi

Foto: KUN.UZ
Bo‘zsuv kanalining Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi qismida noqonuniy o‘rdak ovlaganlar ushlandi. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Davlat ekologiya qo‘mitasiga Bo‘zsuv kanalining Chilonzor tumanidan oqib o‘tgan qismida o‘rdaklar ovlanayotgani bo‘yicha murojaat kelib tushdi.
Murojaatga asosan Davlat ekologiya qo‘mitasi, Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Ekopatrul xodimlari aytilgan manzilga tezkorlik bilan yetib borishdi.
O‘rganish davomida murojaat o‘z tasdig‘ini topdi, ya’ni fuqaro X.F. o‘ziga tegishli bo‘lgan ov quroli bilan bir bosh o‘rdak ovlagani va O‘zbekiston Respublikasining “Ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi Qonuni talablarini buzgani aniqlandi. Xususan, ushbu qonunning 9-moddasiga muvofiq aholi punktlarining yerlari va shaharlar atrofidagi yashil zonalar ov qilish joylari hisoblanmaydi.
Aniqlangan holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 90-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Ov quroli bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, Toshkent shahar IIBga topshirildi”, – deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, voqeaga guvoh bo‘lganlar fuqaro X.F. bilan birgalikda uning sheriklari ham bo‘lgani, ular ham o‘nga yaqin o‘rdak ovlashgani ammo voqea joyini tark etishga ulgurganini ma’lum qilgan. Shunga asosan ayni vaqtda qo‘shimcha surishtiruv ishlari ham olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

09:46 / 27.06.2025
Toshkentliklar uchun qadrdon kanallarning qiyofasi o‘zgaradi. Cho‘milish joylari ko‘zda tutilganmi?

01:40 / 15.05.2025
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi

16:25 / 06.03.2025
Toshkent viloyatida taqiqlangan ov quroli bilan baliq ovlagan shaxs aniqlandi

12:17 / 27.02.2025