Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaronda Spark piyodani urib yubordi
Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘ldi.

Foto: YHXX
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Spark haydovchisi piyodani urib yubordi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar qildi.
Hodisa 13 dekabr kuni soat 9:45 larda Ohangaron tumani hududidan o‘tgan Olmaliq-Toshkent yo‘lida yuz bergan. Spark haydovchisi yo‘lning o‘rtasida harakatlanib ketayotgan piyodani urib yuborib, unda yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan ketib qolgan. Oqibatda piyoda vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida birovning mashinasini boshqargan 18 yoshli yigit tezlikni oshirib YTH sodir etgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berishicha, hodisa 17 dekabr kuni soat 00:40 larda Uzun tumani Qarashiq mahallasidan o‘tgan 4R-108A avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

Sariosiyo-Uzun yo‘nalishida harakatlanyotgan Lacetti mashinasi haydovchining tezlikni oshirishi natijasida boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ng yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Oqibatda mashina haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Uning yonida bo‘lgan o‘rtog‘i vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, 18 yoshli yigitda haydovchilik malakasi va yetarlicha tajriba bo‘lmagan. Mashina uning qo‘shnisiniki bo‘lib, yigit uni so‘roqsiz boshqarib ketgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevrkomissiya rahbari AQSh bojlariga javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 21:29
-
Sankt-Peterburgda migrantlar temir panjaralar orasida yotishga majbur bo‘layotganiga izoh berildi
Jamiyat | 20:48
-
Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda, Yunusobodda esa ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
Jamiyat | 20:34
-
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi
Jahon | 19:50
Mavzuga oid

10:00
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

09:16
Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini mashinada qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

15:36 / 09.07.2025
Avariyalarni kamaytirish uchun yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratiladi

15:24 / 09.07.2025