Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yashil iqtisodiyotga o‘tish maqsadlarini belgiladi
Prezident qarori bilan issiqxona gazlarini kamaytirish, yashil energiya manbalarini ko‘paytirish, energiya samaradorligini oshirish, 1 mln gektargacha maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, yiliga 200 mln ko‘chat ekish, o‘rmonlarni kengaytirish, maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha rejalar tasdiqlandi.

Foto: Shutterstock
2 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining yashil iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorini imzoladi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:
- issiqxona gazlarining YaIM birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 35 foizga qisqartirish;
- qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish;
- sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish;
- YaIM birligiga to‘g‘ri keladigan energiya sarfi hajmini 30 foizga kamaytirish;
- suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, 1 million gektargacha maydonda suv tejovchi sug‘orish texnologiyasini joriy etish;
- yiliga 200 million ko‘chat ekish va ko‘chatlarning umumiy sonini 1 milliarddan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan ortiqroqqa kengaytirish;
- respublika o‘rmon fondi zaxiralari ko‘rsatkichini 90 million kub metrdan ortiqroqqa yetkazish;
- hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65 foizdan oshirish.
2023 yil 1 iyundan mahsulotlarni ishlab chiqarishda ekologiya va atrof-muhitga ta’sirni cheklash bo‘yicha qo‘yilayotgan talablar asosida “yashil sertifikatlar" tizimi joriy etiladi.
2024 yil 1 yanvardan:
- barcha issiqxona gazlarini qamrab oluvchi Iqlim o‘zgarishi sohasida monitoring, hisobot berish va tekshirishning zamonaviy tizimi (MRV) yo‘lga qo‘yiladi;
- yangi quriladigan, quvvati 1 MVtdan yuqori bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha investitsiya loyihalari doirasida ushbu stansiyalarning o‘rnatilgan quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.
2023 yil 1 maygacha “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

14:16 / 14.07.2025
🔴 LIVE: Chiqindidan qarzdorlik uchun "svet"ga to‘lov qilib bo‘lmaydi, bu aholiga navbatdagi yukmi? – mutaxassis va mas’ullar bilan suhbat

19:07 / 11.07.2025
Chiqindidan qarzi borlar 1 avgustdan boshlab svet uchun pul to‘lolmaydi

12:15 / 10.07.2025
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

11:47 / 29.06.2025