O‘zbekiston | 08:14 / 30.11.2022
5390
2 daqiqa o‘qiladi

Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish jarayoniga Inno texnoparki jalb qilinadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ular tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
 
Loyiha maqsadi aholida tadbirkorlik sohasida zaruriy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘qitish tizimini takomillashtirish uchun mazkur jarayonga Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkini keng jalb qilishdan iborat.

Loyiha qabul qilinishi natijasida aholida tadbirkorlik sohasida zaruriy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘qitish jarayoniga Inno innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkini jalb qilish orqali mazkur o‘qitish tizimi sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqiladi.

Bildirilishicha, loyiha qabul qilinishi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zaruriyatini keltirib chiqarmaydi hamda davlat budjetidan qo‘shimcha moliyaviy xarajatlar talab qilmaydi.

Mavzuga oid