O‘zbekiston | 21:21 / 21.11.2022
33021
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bayrog‘i xalqqa qaytariladimi? Kutilayotgan o‘zgarishlar haqida suhbat

O‘zbekistonda davlat bayrog‘iga oid eskidan qolgan taqiqlar bekor qilinishi kutilyapti. Tegishli qonun o‘zgartiriladi. Kun.uz hozirgi qonundagi kamchiliklar va unga kiritilajak tuzatishlar haqida qonun tashabbuskori Aktam Hayitov bilan suhbatlashdi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

O‘zbekiston bayrog‘i – o‘zbek xalqining, oddiy fuqarolarning bayrog‘i emas. U hokimiyat va boshqa rasmiy idoralarning bayrog‘i.

Bu biz o‘ylab topgan gap emas. “O‘zbekiston respublikasi bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, davlat bayrog‘i doimiy ravishda qayerlarda osig‘liq turishi mumkin-u, qayerda mumkin emasligi ko‘rsatib qo‘yilgan.

Ularda o‘nlab davlat idoralari nomi keltirilgan, ammo oddiy odamlarning uyi, nodavlat notijorat tashkilotlar joylashgan binolar ko‘rsatilmagan, aniqrog‘i, buni taqiqlaydi.

Amaldagi o‘sha qonun odamlarni bayroqdan shunchalik uzoqlashtiradigan qilib yozilganki, siz uyingizga bayroq ilish u yoqda tursin, hatto o‘zbekistonlik biror sportchi, olim, san’atkorning g‘alabasidan keyin ham ko‘chada bayroq ko‘tarib yurolmaysiz. Bayroq rangidagi biror futbolka, kepka kiyolmaysiz yoki ryukzak taqolmaysiz.

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qonunchilik palatasi deputatlari mana shu tartiblar mustahkamlab qo‘yilgan “O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunni o‘zgartirmoqchi, liberallashtirmoqchi ekani haqida xabarlar muhokama qilinmoqda.

Kun.uz muxbiri ayni loyiha tashabbuskori – O‘zLiDeP raisi Aktam Hayitovni Kun.uz studiyasiga taklif qildi va deputatdan kutilayotgan o‘zgarishlar haqida so‘radi.

Aktam Hayitov amaldagi qonunchilikni o‘zgartirish vaqti kelgani haqida

— Bizda uyga bayroq ilishga qonun yo‘l qo‘ymaydi. Qonunda O‘zbekiston bayrog‘ining qayerlarda ilib qo‘yilishi aniq belgilangan. Qonun hatto nodavlat tashkilotlar va siyosiy partiyalarga ham bu bayroqni ilishni taqiqlaydi. Bu bo‘yicha e’tirozlar ko‘p bo‘lgan va bo‘lyapti. Uyiga O‘zbekiston bayrog‘ini ilib qo‘yishni ko‘pchilik xohlaydi. Lekin qonun buni taqiqlaydi.

18 noyabr kuni davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ham ayni mana shu masala muhokama qilindi. Va barcha bir ovozdan ma’qulladiki, bugun bu qonunimizni qayta ko‘rib chiqadigan vaqt keldi. 

Intervyuni to‘liq holda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ilyos Safarov suhbatlashdi.
Tasvirchi va montaj ustasi Abdusalim Abduvohidov.
 

Mavzuga oid