Samarqandda itni shafqatsizlarcha urib o‘ldirgan Xitoy fuqarosiga chora ko‘rildi
Xitoylik ishchi itni avval azoblab o‘ldirib, keyin so‘ygani aytilmoqda.

Foto: IIB axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘langan holda turgan itni temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirib, unga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxs videosi tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, itni azoblab o‘ldirgan shaxsni aniqlash bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu holatni sodir etgan erkak Kattaqo‘rg‘on tumanida tashkil etilgan qo‘shma korxona ishchisi, Xitoy fuqarosi Hao Sihua ekani aniqlangan.
Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ushbu modda bilan BHMning uch baravari miqdorida (to‘qqiz yuz ming so‘m) jarima jazosi tayinlangan.
Qo‘shma korxonaning qolgan ishchilari va rahbarlari bilan qayta shu turdagi huquqbuzarlikni sodir etmasligi yuzasidan tarjimon xizmatidan foydalanib, profilaktik ishlar olib borilgan.
Avvalroq, Jizzaxda itni tiriklayin kuydirgan Xitoy fuqarosiga chora ko‘rilgandi.
Mavzuga oid

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

17:07 / 03.03.2025