«Sudlarda ovoragarchiliklar ko‘p» - Sud sohasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
Prezident Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda sudyalar hamjamiyatining vakolatlarini kuchaytirish, sudyalar sonini bosqichma-bosqich ko‘paytirish taklifi ma’qullangan. Shuningdek, Sudyalar oliy maktabini tubdan isloh qilish, tuman va viloyat sudlari uchun mol-mulk, oila, soliq, mehnat munosabatlariga ixtisoslashgan sudyalar tayyorlash muhimligi ta’kidlangan.

Foto: Kun.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 noyabr kuni odil sudlovni ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan. Yig‘ilishda ana shu muammolar tahlil qilinib, sohani isloh qilish bo‘yicha takliflar muhokama qilingan.
“Har yili o‘rtacha 1 million 500 ming aholi sudlarga murojaat qiladi. Viloyat sudlari odil qaror chiqarish bo‘yicha yetarlicha mas’uliyat olmayotgani sababli ovoragarchiliklar ko‘p. Misol uchun, yil boshidan buyon 18 ming fuqaro viloyat sudlari qabul qilgan qarorlardan norozi bo‘lib, Oliy sudga kelgan.
Sudlarda ishlarni ko‘rib chiqish eskicha davom etayapti. Advokatlarning o‘rni yuqori emas. Tergovchilar o‘z ustida ishlamay qo‘ygan.
Sudga aralashuvlarning oldini olish uchun sudyalarning vakolat muddati uzaytirildi, maoshi keskin oshirildi. Ularni lavozimga tayinlash Sudyalar oliy kengashiga o‘tkazildi. Lekin bu borada haliyam ayrim bo‘shliqlar bor.
Shu bois Prezident sudlarda tortishuv muhitini shakllantirish, huquq-tartibot idoralari ishini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi”, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda viloyat sudlari mas’uliyatini oshirish, jinoyat ishini ayblov xulosasi va himoyachi fikri bilan birga qabul qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.
Sudyalar oliy maktabini tubdan isloh qilish, tuman va viloyat sudlari uchun mol-mulk, oila, soliq, mehnat munosabatlariga ixtisoslashgan sudyalar tayyorlash muhimligi ta’kidlangan. Sudyalar hamjamiyatining vakolatlarini kuchaytirish, sudyalar sonini bosqichma-bosqich ko‘paytirish taklifi ma’qullangan.
Prezident Mirziyoyev sohada raqamlashtirishni kengaytirib, axborot tizimlarini uyg‘un qilish, zamonaviy texnologiyalar orqali odamlarga qulayliklarni oshirish bo‘yicha topshiriqlar bergan.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Farg‘onada fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:39
-
Rossiya muxolifati Mersdan siyosiy mahbuslarni ozod qilishda yordam so‘ramoqda
Jahon | 14:35
-
Tramp Rossiya hech qachon NATOga hujum qilmasligiga va’da berdi - The Washington Post
Jahon | 14:33
-
Qirg‘izistonda qirg‘iz tilining mavqeyi oshirilmoqda
Jahon | 14:20
Mavzuga oid

10:52 / 25.06.2025
Urganch shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

16:59 / 23.06.2025
“Yasalgan” jinoyat: Navoiyda ikki qiz IIB “rezultati” uchun qamoqqa tiqildi

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

23:40 / 10.06.2025