Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Mafkurasiga eskilik sarqiti o‘tirib qolganlarning ishi” - XTV matbuot kotibi bilan Jalaquduqdagi voqea va maktab muammolari haqida suhbat
Bir necha kun avval Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi maktabda “Hokim va o‘quvchilar” uchrashuvida o‘qituvchilardan o‘quvchilari viloyat hokimi savollariga “shukronalik hissi bilan javob berishi”, svet-gaz muammosi haqida gapirmasligi so‘ralgan xabar tarqalgandi.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan suratlarga ko‘ra, topshiriq Jalaquduq tumani hokimi Hikmatillo Latipov va tuman xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Gulidona Sayyidovaga yuborilgan.
Kun.uz muxbiri Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Laylo Rustamova bilan bog‘lanib, Jalaquduqdagi voqea tafsilotlari, “pastga” ko‘chmayotgan ta’lim islohotlari va “yersotar” hokimlar mavzusida intervyu o‘tkazdi.
— Laylo opa, vazirlik Jalaquduq tumanidagi holat bo‘yicha ichki tekshiruv, surishtiruv o‘tkazdimi? O‘tkazilgan bo‘lsa qanday natija olindi, o‘tkazilmagan bo‘lsa, nega?
— Ta’limga oid har qanday tanqidiy xabar chiqarkan, biz uni hududiy rahbarlar ishtirokida muhokama qilamiz va o‘sha holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib boriladi.
Biz bu holatni ham o‘rganishga berganmiz. Oldindan shuni aytish mumkinki, tarqalgan suratlarda murojaat sinf rahbarlariga qaratilgan. Demak, uni maktab rahbari yozgan bo‘lishi kerak. Chunki yuqoridan topshiriq bo‘lganda u maktab rahbarlariga qaratilgan bo‘lardi.
— Vazirlikning o‘rganishi faqat shundan iboratmi?
— O‘rganish qilindi, lekin o‘sha yozuvning aynan kimdan chiqqani masalasi aniqlanganicha yo‘q. Topganimiz bilan baribir insonning o‘z dunyoqarashi, mafkurasi bo‘lishi kerak.
Aytaylik, siz intervyudan avval bu topshiriqni bergan kishiga nima chora ko‘riladi, chora ko‘riladimi o‘zi, deya so‘radingiz. Albatta ko‘riladi, chunki bizning ishimiz bolalar ongiga sun’iy narsalarni singdirishdan iborat emas. Biz aksincha, ularning dunyoqarashini kengaytirishimiz, o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalay olishni o‘rgatishimiz kerak.
Maktab bolasi o‘qishga kirishni xohlamasa ham unga o‘qishga kiraman deb aytishing kerak deyishning o‘zi bu – bolaning kelajagiga qizil chiziq tortish degani. Chunki unda shu kabi bir necha holatdan keyin rahbarning oldida biz rol o‘ynashimiz kerak ekan, yolg‘on gapirishimiz kerak ekan, degan fikr shakllanadi. Bu to‘g‘ri emas. Biz aytayotgan topshiriq uni bergan kishining xalq ta’limiga naqadar nomunosib ekanini ko‘rsatib turibdi.
Intervyuni to‘liq holda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Ilyos Safarov suhbatlashdi.
Tasvirchi va montaj ustasi — Mirvohid Mirrahimov.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil G‘azo blokadasini buzish uchun kelgan kemani qo‘lga oldi
Jahon | 20:22
-
Ismi erkak, jismi ayol: kashfiyotlarga yo‘l ochgan jasur ayollar tarixi
Jamiyat | 20:07
-
Istanbuldan uchgan Uzbekistan Airways samolyoti favqulodda vaziyat tufayli aeroportga qaytdi
O‘zbekiston | 19:28
-
Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetidan 3 mingdan ortiq talaba chetlatildi
Jahon | 19:19
Mavzuga oid

22:07 / 29.04.2025
Shuhratbek Abdurahmonov Bahodirlar o‘yinlarining Osiyo federatsiyasi prezidenti etib saylandi

20:01 / 10.01.2025
16 yillik rekord: eng ko‘p ishonch bildirilgan hokimlar

15:00 / 03.04.2024
Hokimlar va futbol. Bozorov, Abdurazzoqov, Azimov chempionlik maqsadini qo‘ydi, Abdurahmonovga 10-raqamli libos topshirildi

18:24 / 23.12.2023