Andijonda hokim mahallada kutubxona qurishni buyurdi, uni 12 yoshli bola boshqaradi
Shuhratbek Abdurahmonov kutubxonani 25 yanvarda ochishga buyruq berdi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yoshlar bilan uchrashuvda Andijon tumani, «Teraktagi» mahallasida istiqomat qiluvchi 12 yoshli kitobxon Asadillo Roziqov bilan suhbatlashdi.
U kitob yetishmagani uchun «Yosh kitobxon» ko‘rik tanlovida eng yuqori natijani qo‘lga kirita olmaganini bildirdi.
Shundan so‘ng, Shuhratbek Abdurahmonov mahallada kutubxona qurilishini, 1 oy ichida ochilishini, uni Asadillo Roziqovning o‘zi boshqarishini ma’lum qildi.
«Otasiga ming rahmat, kitob yetmagani uchun ozgina qolib ketdim deyapti. O‘ziga mashina so‘ramayapti, o‘ziga ust-bosh so‘ramayapti mahallasiga kutubxona so‘rayapti… Joyni tanlaymiz, Xudo xohlasa bir oyda senga zo‘r kutubxona qilib beraman, o‘zing yurgizasan, bo‘ptimi?», dedi viloyat hokimi.
Yakunda hokim kutubxonani 25 yanvar kuni ochilishini buyurdi.
Mavzuga oid

00:51 / 18.06.2025
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi

09:53 / 15.06.2025
Andijonda temiryo‘ldagi sisternaga chiqqan erkakni tok urdi

22:20 / 13.06.2025
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi

22:12 / 05.06.2025