Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple qatorasiga o‘ninchi marta dunyodagi eng qimmat brend bo‘ldi
Apple kompaniyasi Interbrand talqini bo‘yicha dunyodagi eng qimmat brendlar reytingida yetakchiligini saqlab qoldi.

Foto: Reuters
iPhone ishlab chiqaruvchisi ketma-ket o‘ninchi marta birinchi o‘rinni egalladi. Kompaniya brendining qiymati 482,2 milliard dollarga baholanmoqda, bu o‘tgan yilgi natijadan 18 foizga yuqori.
O‘tgan yilgidek kuchli uchlikka Amazon va Microsoft ham kirdi. Biroq, ularning o‘rni almashdi: Microsoft brendi yil davomida 32 foizga qimmatlab, 278,3 milliard dollarga tenglashdi. Bu unga Jyeffri Bezos kompaniyasini qariyb 3,5 milliard dollarga ortda qoldirib, reytingda ikkinchi o‘rinni egallash imkonini berdi. Amazon brendi 2022 yilda 274,8 milliard dollarga baholandi.
Reytingga kiritilgan brendlarning umumiy qiymati yil davomida 16 foizga o‘sib, rekord darajadagi 3,1 trillion dollarga yetdi. Brendlar qiymati Interbrand reytingi tuzila boshlaganidan buyon hech qachon bunday tez ko‘tarilmagan.
Shuningdek, eng qimmat brendlar o‘ntaligiga Google (251,75 milliard dollar), Samsung (87,7 milliard dollar), Toyota (59,76 milliard dollar), Coca-Cola (57,5 milliard dollar), Mercedes-Benz (56,1 milliard dollar), Disney (50,3 milliard dollar) va Nike (50,29 milliard dollar) kirdi.
Interbrand kompaniyasining Best Global Brands reytingiga global ta’sirga ega brendlar kiritiladi. Mezonlarning qattiqligi tufayli, hatto Alibaba kabi yirik brendlar ham ro‘yxatdan joy olmasligi mumkin.
Birinchi mezon shundan iboratki, daromadning kamida 30 foizi brend yaratilgan mamlakatdan tashqaridagi hududlardan olinishi kerak. Ikkinchi mezon - «Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerikada taniqli ekani va rivojlanayotgan bozorlarda vakillikka egaligi». Bundan tashqari, «kompaniyaning moliyaviy natijalari haqidagi ochiq ma’lumotlar e’lon qilinishi», ushbu talab moliyaviy hisobotni e’lon qilmaydigan ko‘plab brendlarni reytingdan chiqarib tashlaydi.
Shuningdek, «uzoq muddatda kutilayotgan foyda bo‘lishi, bu brend kapitali qiymatidan ortiq miqdorda daromad keltirishi» kerakligi. Yana bir mezon - «dunyoning eng yirik iqtisodiyotlarida brendning taniqli ekani».
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

22:18 / 22.07.2025
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV

21:34 / 14.07.2025
Meta Apple muhandisini 200 mln dollar evaziga ishga yolladi

20:28 / 09.07.2025
Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi tarixdagi rekord darajaga yetdi

21:12 / 02.07.2025