Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV Surxondaryoda vrach ayovsiz do‘pposlangani yuzasidan ma’lumot berdi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Surxondaryoda uch nafar fuqaro shifokorni kaltaklagani yuzasidan munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 27 oktabr kuni soat 15:20 da Angor tumani tibbiyot birlashmasining travmatologiya bo‘limida it tishlagan bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazayotgan shifokor J.E.ning huzuriga 3 nafar fuqaro salomatligi to‘g‘risida ma’lumotnoma yozib berishini so‘rab kelgan.
Shifokor ularga qabulidagi bemorga yordam ko‘rsatayotganini, ma’lumotnomani esa shundan so‘ng yozib berishini aytgan. Bundan norozi bo‘lgan fuqarolar vrach J.E.ni ayovsiz do‘pposlab, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan.
O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar davomida shifokor J.E.ga bosh miya yopiq jarohati, og‘iz pastki lab yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, o‘ng son yumshoq to‘qimalari lat yeyishi va teri osti gematomasi, qorin bo‘shlig‘i a’zolari lat yeyishi, kuchli qontalash tashxisi qo‘yilgan.
Hozir tibbiyot xodimiga tajovuz qilgan ushbu fuqarolarga nisbatan Angor tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
«Oxirgi paytlarda bemorlar va ularning yaqinlari tomonidan o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan shifokor va hamshiralarga nisbatan kuch ishlatish va tajovuz qilish holatlari tez-tez kuzatilmoqda. Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda tibbiyot xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun qonunchilikda tegishli javobgarlik belgilanishi kun tartibidagi muhim masalaga aylandi. Angor tumanida sodir bo‘lgan yuqoridagi holat esa mazkur jarayonni yanada jadallashtirish zarur ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, 2019–2022 yillar davomida O‘zbekistonda 290 ga yaqin holatda tibbiyot xodimlariga nisbatan turli shakldagi tajovuzlar qilingan. Shu bois ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tibbiyot xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun qat’iy javobgarlik belgilash yuzasidan qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda», deyiladi vazirlik munosabatida.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

16:05 / 02.06.2025
Ko‘p qavatli uylarda 1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

12:13 / 31.05.2025
Surxondaryoda 23 ta ko‘p qavatli turar joy binosida seysmik jihatdan kamchiliklar aniqlandi

15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi

11:03 / 02.05.2025