Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarga nisbatan yangi turdagi jazo choralarini joriy qilishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinishi kutilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon loyihasi ishlab chiqildi.
Biznes-ombudsman prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvda ilgari surgan tashabbuslaridan kelib chiqib, farmon loyihasini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 1 yanvardan boshlab:
- tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini belgilashga uch yillik moratoriy joriy etiladi;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik sub’yektlariga yangi majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar ular rasman e’lon qilingan fursatdan boshlab, olti oydan oldin bo‘lmagan muddatda kuchga kiritiladi;
- tadbirkorlik sub’yektlariga majburiyatlar yuklaydigan yangi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni bajarmaganlik uchun ularga nisbatan olti oy davomida javobgarlik choralari qo‘llash taqiqlanadi.
Shuningdek, Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jinoiy javobgarlik ma’muriy yurisdiksiyaga o‘tkazish orqali bekor qilinadi.
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq qonunchilik talablariga rioya etmaganlik uchun belgilangan moliyaviy sanksiyalar miqdorlari kamida 30 foizga kamaytiriladi. Xususan:
- moliyaviy sanksiyalar summasi o‘n besh kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda to‘langanda jarima miqdori belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytiriladi;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan mikro va kichik tadbirkorlik sub’yektlariga moliyaviy sanksiya choralari qo‘llanmaydi hamda huquqbuzarliklarni aniqlagan tegishli nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularni bartaraf etishga qaratilgan va huquqbuzarlikka yo‘l qo‘yilishining oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi, bundan tergovga qadar va jinoyat ishlari doirasida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun qo‘llanadigan jarimalar mustasno.
Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatida nazorat organlarining takrorlanadigan va zamon talablariga mos kelmaydigan 20 dan ortiq nazorat funksiyalari maqbullashtiriladi.
Tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan savdo qoidalarini buzganlik, turli narx belgilaganlik, soliq hisobotlarini muddatidan kechiktirib topshirganlik, ishchi sonini ko‘rsatmaslik kabi holatlar uchun belgilangan ma’muriy jarimalar ikki barobarga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
-
AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda
O‘zbekiston | 16:00
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
O‘zbekiston | 15:52
-
Mers: AQSh bojlari Germaniya eksportiga qattiq ta’sir qiladi
Jahon | 15:52
Mavzuga oid

18:37 / 12.07.2025
Importda yana muammo: Texnik tartibga solish agentligi muzlatkich va sovitkichlarni O‘zbekistonga kirgizmayapti

17:58 / 08.07.2025
Soliq organi 1,5 mln so‘mlik kamomad uchun tadbirkorni 5,3 mlrd so‘m jarimaga tortdi

10:35 / 28.06.2025
1,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

18:27 / 21.06.2025