Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko: Kiyev Rossiyaning Eron dronlaridan foydalanganini isbotlay oladi
Kiyev Rossiya Ukrainada Eronda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchoqlardan foydalanayotganini isbotlay oladi, dedi Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko DW nashriga bergan intervyusida. U bu ma’lumotni tasdiqlash uchun BMTning mustaqil komissiyasini tuzishga chaqirdi.

Foto: DW
Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoning 21 oktyabr, juma kuni DW mediakompaniyasiga bergan intervyusida aytishicha, Ukraina Rossiya Eronda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchoqlardan bu mamlakatdagi fuqarolik nishonlariga zarba berish uchun foydalanganini tasdiqlovchi «dalillarning to‘liq ro‘yxati»ga ega. Bu dronlarning Erondan kelgani haqidagi ma’lumotlarni tekshirish uchun BMT bosh kotibidan mustaqil komissiya tashkil qilishni so‘rash lozim, dedi Poroshenko.
U Yevropa ittifoqiga Eronning yuqori martabali amaldorlariga nisbatan Rossiyaga kamikadze dronlarni yetkazib bergani tufayli sanksiyalar kiritgani uchun minnatdorchilik bildirdi, buning uchun Ukraina, uning so‘zlariga ko‘ra, «begunoh odamlarning hayoti bilan to‘lovni amalga oshirdi». Ukrainaning sobiq prezidenti mamlakati hozir nafaqat Rossiya, balki Eron bilan ham urush holatida ekanini ta’kidladi.
Kreml, o‘z navbatida, Ukrainada Eron uchuvchisiz uchoqlaridan foydalanilganini «asossiz ayblovlar» va «fitna nazariyasi» sifatida rad etdi.
Petro Poroshenko DW nashriga bergan intervyusida ta’kidlaganidek, Rossiyaning energetika infratuzilmasiga zarbalari kelgusi qishda Ukraina uchun blekautlar xavfini tug‘dirdi. Kiyev ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar natijasida Ukraina energetika infratuzilmasining 40 foizigacha ishdan chiqqan. Shu munosabat bilan Poroshenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin «sovuq qishni qurolga aylantirishga» urinayotganini aytib, so‘nggi paytlarda Ukrainada havo harorati pasayib borayotganini qayd etdi.
«Bir necha hafta oldin Putin dunyoni ochlik bilan, keyin yadroviy ifloslanish bilan shantaj qildi, endi esa Ukrainani energetika inqirozi bilan shantaj qilmoqda», dedi Poroshenko. «Putin ukrainaliklarning bunday og‘ir sharoitlarda taslim bo‘lishini kutmoqda, biroq biz Ukrainani sindirib bo‘lmasligini ko‘rsatdik», — dedi u.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
-
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18
Mavzuga oid

14:51
Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari: Istanbul formati «o‘z ma’nosini yo‘qotdi»

13:43
Germaniya va AQSh mudofaa vazirlari Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasini muhokama qildi

11:09
Mers Trampning Ukraina uchun qurol bo‘yicha tashabbusini olqishladi

21:32 / 14.07.2025