Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazir «Tez yordam»ning kaltaklangan haydovchisini taqdirladi
Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev Mirobod tumanida kaltaklangan «Tez yordam» haydovchisini borib ko‘rdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Toshkent shahrining Mirobod tumanida jabrlangan «Tez yordam» xodimi «Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
16 oktyabr kuni Toshkent shahri Mirobod tumanida chaqiruvga kelgan «Tez yordam» xodimi va haydovchisi kaltaklangani xabar qilingandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, vazir Behzod Musayev neyroxirurgiya bo‘limida davolanayotgan ushbu bemor holidan xabar oldi. Dastlabki tekshiruvlar natijasida unga «Bosh miya yopiq shikastlanishi, bosh miya chayqalishi, chap tizza sohasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi» tashxisi qo‘yilgan.
«Afsuski, keyingi paytlarda o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan shifokor va hamshiralar, ayniqsa, «Tez yordam» xodimlariga nisbatan kuch ishlatish holatlari tez-tez uchramoqda. Aholining sog‘lig‘ini himoya qilishda o‘zini ayamay jon kuydirayotgan tizim xodimlariga tajovuz qilgan kimsalarga nisbatan qonunchilikda qat’iy javobgarlik belgilanishi ustida ishlanmoqda. O‘ylaymanki, qonunchilikka kiritilayotgan bu o‘zgarishlar soha vakillarining huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim asos bo‘ladi», dedi Behzod Musayev.
Vazir bemor bilan muloqot davomida unga tezroq sog‘ayishini tilab, mushtumzo‘r fuqaroga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jazo belgilanishi uchun barcha zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
«Suhbat davomida bemor o‘z holidan xabar olgani kelgan vazirga alohida minnatdorlik bildirib, 64 yoshga kirganiga qaramay, xalq salomatligi yo‘lida g‘ayrat-shijoat bilan mehnat qilishdan tolmasligini, otasi tengi insonga, qolaversa, tibbiyot brigidasi tarkibida chaqiruv manziliga borgan shifokor ayolga qo‘l ko‘targan kimsa esa qonun oldida javob berishiga qat’iy ishonishini ta’kidladi», deyiladi xabarda.
Muloqot so‘ngida o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashib, muhim daqiqalarda tezkorlik va professionallik sifatlarini namoyon etgan tez tibbiy yordam brigadasi xodimiga «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni berildi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Navoiyuran” va “NKMK” xodimlari uran radioaktiv moddasini sotishga uringani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:32
-
Paynet: O‘zbekistonda fintex sohasini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan 5 yangi xizmat
O‘zbekiston | 17:00
-
Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi
Jahon | 16:57
-
“Iqtisodni xalq salomatligidan ustun qo‘yishmasin” – zaharlanayotgan navoiyliklar haqida suhbat
Jamiyat | 16:21
Mavzuga oid

16:28 / 23.09.2024
Behzod Musayev yangi lavozimga o‘tkazildi

16:19 / 23.09.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘zgardi

15:10 / 17.09.2024
“O‘zbek hamshiralari Germaniyaga 2200 yevro topgani jo‘natilmoqda” – Behzod Musayev

18:44 / 08.08.2024