Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Oliy Radasi Ichkeriyani Rossiya tomonidan bosib olingan hudud deb e’lon qildi

Ukraina Oliy Radasi Ichkeriya Chechen Respublikasini Rossiya tomonidan «vaqtincha bosib olingan hudud» deb e’lon qilish va «chechen xalqi genotsidi»ni qoralash haqidagi qarorni qabul qildi.
Hujjat qabul qilinishi uchun 287 deputat ovoz bergan.
Shu bilan birga Ukrainadagi ayrim nashrlar va siyosatchilar Oliy Rada go‘yoki Ichkeriya suverenitetini, ya’ni mustaqilligini tan olgani haqida yozishgan, ammo aslida bunday emas. Iyul oyida deputatlar Oleksiy Goncharenko va Musa Magomedov Ichkeriya mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini kiritgandi, ammo Ukraina parlamentida bu masala hali ko‘rib chiqilmagan.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida chechen maxsus bo‘linmalari ham ishtirok etmoqda, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov esa Ukrainadagi «maxsus harbiy amaliyot»ning ashaddiy tarafdorlaridan sanaladi. Urushda Ichkeriya mustaqilligi tarafdorlari esa Ukraina tomonida turib jang qilmoqda — 2022 yil avgustida Qodirov ularga qonli adovat e’lon qilgan.
O‘zini o‘zi e’lon qilgan Ichkeriya Chechen Respublikasi sovetlar ittifoqi parchalanganidan 1994 yil 14 yanvariga qadar sobiq Chechen-Ingushetiya ASSR hududining bir qismida mavjud bo‘lgan (hozirgi Checheniston va Ingushetiya). Chechen Ichkeriya Respublikasi 1991 yil iyulida mustaqillik e’lon qilgan, uning birinchi prezidenti Chechen xalqi umummilliy kongressi rahbari Johar Dudayev bo‘lgan. 1993 yil 9 yanvaridan Rossiya hukumati bu hududni RF tarkibidagi Chechen Respublikasi deb hisoblaydi, shuningdek Ichkeriya BMT a’zolarining hech biri tomonidan tan olinmaydi. Respublika mustaqillik e’lon qilgani tufayli harbiy nizo kelib chiqadi, uning ortidan Rossiya hukumati va chechen tuzilmalari o‘rtasida Birinchi chechen urushi boshlanadi. Rossiya armiyasi Ichkeriyani kuch bilan Rossiya tarkibiga qaytarishga urinadi, ammo 1996 yilda qo‘shinlar Chechenistondan olib chiqiladi. 2000 yilda, Ikkinchi chechen urushi yakunida Ichkeriya alohida davlat sifatida tugatiladi va Rossiya tarkibidagi respublikaga aylanadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat litsenziyalanadi
O‘zbekiston | 13:10
-
Tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi
Jamiyat | 13:03
-
Rossiyani qo‘llashga tayyor Xitoy, Isroilga chora ko‘rmoqchi bo‘layotgan Yevroittifoq va FETOʻchilar ta’qibini davom ettirayotgan Turkiya – kun dayjesti
Jahon | 12:54
-
Qoraqalpog‘istondagi tumanda issiq tufayli bog‘chalar yopildi
O‘zbekiston | 12:20
Mavzuga oid

11:15
BMT Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

11:05
Putin sanksiyalarga qaramay urushni davom ettirmoqchi

08:38
Kaya Kallas AQShdan Ukrainaga yordam yukini bo‘lishishni so‘radi

22:31 / 15.07.2025