Huawei birdaniga ikkita innovatsion smartfon: HUAWEI nova Y70 va HUAWEI nova Y90 modellarini taqdim etadi

Foto: Huawei
Yangilik qurilmalar bir qator qoyilmaqom funksiyalar, jumladan, tasvir uchun hoshiyasiz HUAWEI FullView displey, katta sig‘imli batareyasi va HUAWEI SuperCharge tezkor quvvatlash texnologiyasi sabab uzaytirilgan batareya avtonomligiga ega.
Nova Y70 smartfoni 6000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, bu smartfonga 7 kungacha quvvatlanmasdan ishlash imkonini beradi. Agar smartfon akkumulyatori atigi 5% zaryadlangan bo‘lsa, foydalanuvchilar batareya quvvati kam bo‘lgan rejimni faollashtirishi mumkin, bu esa quvvat tugashidan oldin 12 soatgacha kutish vaqtini ta’minlaydi. Smartfon, shuningdek, 22,5 Wt HUAWEI SuperCharge tezkor zaryadlash va teskari zaryadlash rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa HUAWEI Nova Y70’dan boshqa qurilmalarni kabel orqali quvvatlantirish imkonini beradi.
Qurilma 48 megapikselli asosiy, guruh va landshaft suratlari uchun 120 daraja ko‘rish maydoniga ega 5 megapikselli ultrakeng va blur uchun 2 megapikselli sath kameralarini o‘z ichiga olgan uchta AI kamerasi bilan jihozlangan.
Yangi Nova Y90 HUAWEI FullView1 6,7 dyuymli hoshiyasiz displey 1,05 mm gacha yupqa hoshiyalar va 94,8% foydalanish maydoniga ega. Shuningdek, HUAWEI nova Y90 ekrani 90 Hz’gacha yangilanish va 270 Hz sensorli ekran namuna olish chastotalarini qo‘llab-quvvatlaydi, bu ham kundalik foydalanishda, ham o‘yin o‘ynashda qulay amaliyotni ta’minlaydi.
HUAWEI nova Y90 kuchli 50 megapikselli asosiy kamera bilan ajoyib tungi suratga olish imkoniyatlariga ega. Telefon yorqin va tiniq tungi suratlar olish uchun Super Night rejimiga ega va bu ko‘proq tafsilotlar bilan yuqori tasvir sifatini ta’minlaydi. Piramida eng barqaror tuzilmalardan biridir, HUAWEI nova Y90 40 Wt quvvatga ega HUAWEI SuperCharge piramida tuzilmasi bilan jihozlangan, u ham barqaror va xavfsiz. Foydalanuvchilar telefonni 10 daqiqa quvvatlantirish orqali 2-3 soatlik o‘yindan bahramand bo‘lishlari mumkin. Bundan tashqari, HUAWEI nova Y90 akkumulyatorning holatini aqlli aniqlashi va foydalanuvchiga uni vaqtida tuzatishni eslatishi mumkin bo‘lgan batareya sog‘lig‘i uchun yordamchi funksiyaga ega. Shuningdek, u USB portining haddan tashqari qizib ketishini himoyalab, zaryadlashni tez, aqlli va xavfsiz qiladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda yuzlab robotlar uchta tarixiy binoni ko‘chirdi
Jahon | 18:13
-
FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi
Sport | 18:01
-
Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar: 400 dan ortiq dron va 40 ta raketa uchirilgan
Jahon | 17:54
-
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish jarayoni boshlandi
Jahon | 17:54
Mavzuga oid

16:49 / 20.04.2025
Xitoyda dunyodagi birinchi 10G internet tarmog‘i ishga tushirildi

22:55 / 13.03.2025
Yevroparlamentda Huaweiʼga aloqador korrupsiya ishi sabab tintuv va hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi

09:00 / 19.12.2024
Huawei kompaniyasi Dubaydagi taqdimotida yangi buklanadigan smartfon va boshqa flagman qurilmalarini taqdim etdi

00:06 / 03.11.2024