Jinoyat kodeksiga uchta yangi holat bo‘yicha javobgarlik normasi kiritiladi

Foto: Kun.uz
“Madaniy boyliklar noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha madaniy meros obektlarini muhofaza qilish, ular noqonuniy aylanmasini oldini olish bo‘yicha tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Loyiha bilan Jinoyat kodeksiga quyidagi harakatlar uchun jinoiy javobgarlik kiritilmoqda:
- moddiy madaniy boyliklarni O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tish;
- alohida tarixiy, ilmiy, badiiy yoki madaniy ahamiyatiga ega bo‘lgan ashyolar va hujjatlarni talon-toroj qilish (usulidan qat’i nazar);
- O‘zbekiston va xorijiy davlatlar xalqlari badiiy, tarixiy va arxeologik merosi ashyolarini O‘zbekiston hududiga qaytarmaslik.
Sohada huquqbuzarliklar oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida alohida qimmatga ega bo‘lgan ashyolarni talon-toroj qilganlik uchun alohida javobgarlik chorasini belgilash va ularni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda. Jinoyat kodeksi 169-1-modda bilan to‘ldirilib, ushbu jinoyat bo‘yicha sub’yekt yoshini 14 yosh etib belgilash taklif etilmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

16:22 / 20.05.2025
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi

15:39 / 29.04.2025
Ekstremizmni moliyalashtirish Jinoyat kodeksiga kiritiladi

09:41 / 18.04.2025
Noyob tarixiy boyliklarni xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi

10:48 / 03.04.2025