Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Konda ishlab kasb kasalligiga chalingan ishchiga qariyb 200 mln so‘m tovon puli to‘lab beriladi” – ombudsman
Tog‘-kon metallurgiya sohasida 6 yil 10 oy davomida ishlagan jabrlanuvchi silikoz – bronx-o‘pka apparatining kasbiy kasalligini orttirgan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili – ombudsmanga fuqaro B.I. sug‘urta shartnomasi bo‘la turib, sug‘urta tovoni to‘lab berilmayotganidan norozi bo‘lib murojaat qilgan. Tog‘-kon metallurgiya sohasida 6 yil 10 oy davomida ishlab kelgan murojaat muallifi sog‘lig‘ining yomonlashgani, yo‘tal, ko‘krak qafasi, bo‘yin va beldagi kuchli og‘riqlar hamda kuchli zaiflik sababli Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Unga 2022 yil 6 yanvar kuni Silikoz — bronx-o‘pka apparatining kasbiy kasalligi tashxisi qo‘yiladi.
Mazkur murojaat ombudsman tomonidan o‘rganilganda 2021 yilning 23 iyun kuni fuqaro faoliyat yuritgan korxona va sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish” shartnomasi tuzilgani aniqlangan. Murojaatchi kasb kasalligini orttirib olgan bo‘lsa ham sug‘urta kompaniyasi xodimlari unga sug‘urta tomonini to‘lab berishmaydi.
Ombudsman taqdimnomasiga asosan fuqaro B.I. kasb kasalligini orttirib olgani sug‘urta hodisasi deb tan olinadi hamda unga 191 mln so‘mdan ortiq sug‘urta tovoni to‘lanishi belgilanadi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirga qadar murojaatchiga 118 mln so‘mga yaqin sug‘urta tovoni to‘lab berilgan. Sug‘urta tovonining qolgan 73 mln so‘mdan ortiq qismi oyma-oy to‘lanishi ma’lum qilingan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59
-
ChatGPT bilan muloqotlar sud talabi bilan hukumat topshirilishi mumkin
Jahon | 22:55
-
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti tashkilotchilarini aniqladi
Jahon | 22:40
-
«Qo‘lga tushgan» tizim: selektor voqeasi muammoga ko‘zgu tutdi
O‘zbekiston | 22:31
Mavzuga oid

16:02 / 04.04.2025
Xonanda Anvar G‘aniyev mualliflik huquqini buzgani ma’lum bo‘ldi

08:30 / 26.03.2025
Xato tufayli o‘limga hukm qilingan yaponiyalik chol rekord miqdorda tovon puli oldi

21:18 / 15.01.2025
Qarshi tuman IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati to‘xtatildi - ombudsman

16:09 / 01.01.2025