O‘zbekiston | 15:42 / 01.10.2022
8142
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini takomillashtirish jarayoniga Texas kompaniyalarini jalb qiladi

O‘zbekiston elchisi Javlon Vahobov Ostin shahrida Texas shtati qishloq xo‘jaligi vaziri Sid Miller bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Uchrashuvda mamlakat qishloq xo‘jaligi sanoatini takomillashtirish jarayoniga Texas yirik kompaniyalarini jalb etish, O‘zbekiston va AQSh qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va ilmiy muassasalar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, respublikaga Texas shtati savdo missiyasini tashkil etish muhokama qilindi.

Muzokaralarda 2023 yil mart oyida Sid Miller boshchiligidagi delegatsiya va savdo missiyasi O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Amerika vakillari 2023 yil 28-30 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan UzFood2023 xalqaro oziq-ovqat, ingrediyentlar va oziq-ovqat texnologiyalari ko‘rgazmasi doirasida maxsus Texas pavilonini tashkil etish taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Texas aholisi (30 mln kishi), hududi (695,6 kvadrat kilometr) va yalpi hududiy mahsuloti (2 trln dollar) bo‘yicha AQSh ikkinchi yirik shtatidir. Rivojlanayotgan sanoat bazasi bilan shtat xo‘jaligi, neft-kimyo, energetika, aerokosmik va biotibbiyot jabhalarida yetakchilik qilmoqda. Shtat qishloq xo‘jaligi sanoati umumiy iqtisodiy qiymati 100 mlrd dollarga baholanmoqda.

Mavzuga oid