O‘zbekiston | 08:04 / 26.09.2022
2658
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvadordan O‘zbekistonga 76 ming tonna banan olib kelindi

Banan importi 36,2 ming tonnaga oshgan.

Foto: Getty Images

2022 yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga 77,4 ming tonna banan import qilingan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, banan importi hajmi o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 36,2 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p banan import qilgan davlatlar orasida Ekvador yetakchilik qilmoqda – 76,6 ming tonna.

Shuningdek, Qozog‘istondan 426 tonna banan olib kirilgan bo‘lsa, Turkiyadan 197 tonna banan olib kelingan.

Bundan tashqari, Hindistondan O‘zbekistonga 144 tonna banan yuborilgan. 

Mavzuga oid