Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poyezd chiptalarini onlayn xarid qilganlarga bonus ballari beriladi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» mahalliy sayyohlar uchun keshbekni yo‘lga qo‘yish dasturini joriy qiladi.

Foto: Kun.uz
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati temiryo‘l yo‘lovchilari uchun sodiqlik dasturi ishga tushirilganini ma’lum qildi.
Endi poyezd chiptalarini onlayn xarid qilishda mijozlar bonusli ball oladi. Tegishli imkoniyat chipta.railway.uz sayti yoki mobil ilovalarda taqdim etiladi.
Bonusdan foydalanish uchun One ID tizimi orqali tizimda ro‘yxatdan o‘tish kerak - bu hisobni pasport ma’lumotlari bilan bog‘lash imkonini beradi. Keyin yo‘nalish, sana va vaqtni tanlab, standart usulda chipta sotib olish lozim.
Yo‘l haqining 2 foizdagi ekvivalenti bonus ballarida (1 so‘m = 1 ball bo‘yicha) bonus hisobiga o‘tkaziladi. Masalan, 100 000 so‘mlik chipta sotib olgani uchun yo‘lovchiga 2000 ball beriladi.
Yig‘ilgan ballar ma’lumotlari keyingi chiptalarni onlayn xarid qilishda ko‘rsatiladi. Mijoz yetarli miqdordagi ball to‘plaganida, ular keyingi sayohat hujjatini to‘lash uchun ishlatilishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, «O‘zbekiston temir yo‘llari» ichki turizm xarajatlarining bir qismini qoplash dasturidagi ishtiroki doirasida sodiqlik dasturini joriy qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi
Iqtisodiyot | 17:48
-
3,7 mln so‘mdan 16,2 mln so‘mgacha – O‘zbekistondagi o‘rtacha oyliklar e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 17:37
-
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari
Jamiyat | 17:26
-
Saratovdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
Jahon | 16:19
Mavzuga oid

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

21:42 / 18.06.2025
Qo‘shmachi “provodnik”: poyezd kupesi ishratxonaga aylantirilgani aniqlandi

09:53 / 17.06.2025
O‘zbekistonda jazirama sabab poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi

11:51 / 13.06.2025