Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada IIB xodimlari tomonidan mastlik holatini tekshirish uchun olib ketilayotgan fuqaro to‘satdan vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Quvasoy shahar Lashkar qishlog‘ida IIB uchastka inspektori bir fuqaroni urib jarohat yetkazgani haqida xabar tarqaldi. Farg‘ona viloyat prokuraturasi rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz
Aniqlanishicha, 27 avgust kuni soat 19:00 larda Quvasoy shahar “Yuqori Mo‘yan” MFY hududida 1962 yilda tug‘ilgan fuqaro X.T. jamoat tartibini buzuvchi harakatlar sodir etgan.
Xabarga ko‘ra, shuning uchun Quvasoy shahar IIB xodimlari tomonidan mastlik holatini tekshirish maqsadida shahar tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotgan vaqtda uning sog‘lig‘i yomonlashib, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.
Sudga oid tibbiy ekspertiza dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, X.T.ning o‘limiga “Yurak ishemik kasalligi, yurak toj qon tomirlari o‘tkir yetishmovchiligi, o‘ng tomonlama pnevmoniya, surunkali plevrit, oshqozon osti beziga qon quyilishi, alkogoldan zaharlanish” tashxisi qo‘yilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Tekshiruv jarayoni viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Meksikada tonnalab oltin va kumush ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlandi
Jahon | 18:29
-
«Tur de Frans» velopoygasida o‘g‘irlangan velosipedlar Rossiyada sotuvga chiqdi
Sport | 18:26
-
Andijonda xizmat vaqtida pichoqlanib vafot etgan profilaktika inspektori «Jasorat» medali bilan taqdirlandi
Jamiyat | 18:19
-
Soliq organi 1,5 mln so‘mlik kamomad uchun tadbirkorni 5,3 mlrd so‘m jarimaga tortdi
Iqtisodiyot | 17:58
Mavzuga oid

15:13 / 03.03.2025
Quvasoyda daraxtlar noqonuniy ko‘chirilgan, zarar 2 mlrd so‘m atrofida – Ekovazirlik

15:39 / 24.02.2025
Oyoqosti bo‘lgan qonunlar va yo‘q qilingan yashil jamoat parki: “Ajdar yurak” hokimga chora ko‘riladimi?

10:05 / 19.02.2025
Shaxsan hokim bosh-qosh: Quvasoyda 300 ga yaqin daraxt qo‘porib tashlandi

12:20 / 27.11.2024