Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qariyb 1 mlrd dollarga kamaydi
Iyul oyida O‘zbekiston xalqaro zaxiralarining valuta qismi 830,4 mln dollarga, oltin qismi esa 142,5 mln dollarga kamaydi.

Foto: Getty Images
Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yangiladi.
2022 yilning 1 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 34,6 mlrd dollarni tashkil qilgan. Taqqoslash uchun bu ko‘rsatkich 2022 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, 35,58 mlrd dollar bo‘lgan. Raqamlar o‘tgan bir oyda O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari 976 mln dollarga kamayganini ko‘rsatmoqda.
Avgust oyi davomida oltinning fizik hajmi sezilarli miqdorda: 11,7 mln troya unsiyadan 12 mln troya unsiyaga ( taxminan 9,33 tonna) oshgan bo‘lsada, qiymati 21,22 mlrd dollardan 21,07 mlrd dollarga pasaygan. Bu asosan hisobot davrida jahon bozorida oltin narxlarining arzonlashgani bilan bog‘liq.
Shuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valuta zaxiralari ham 13,3 mlrd dollardan 12,47 mlrd dollardan yoki 830,4 mln dollarga kamaygan.
“O‘zbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yil boshidan beri 531,9 mln dollarga yoki 1,5 foizga kamaydi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1758,9 dollargacha pasayishining ta’siri 483,6 mln dollarni tashkil qildi”, deyiladi Markaziy bank izohida.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq ariza topshirildi
O‘zbekiston | 11:55
-
Zelenskiy Rossiya bilan keyingi muzokaralar shartlarini aytdi
Jahon | 11:40
-
🔴 LIVE: Aliyev–Pashinyan va Tramp–Netanyahu uchrashuvlari. Nimalar gaplashildi?
Jahon | 11:22
-
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21
Mavzuga oid

13:59 / 10.05.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 49 mlrd dollardan oshdi

11:25 / 09.12.2022
Yil boshidan beri O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 1,7 mlrd dollarga kamaydi

10:36 / 20.07.2022
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari ko‘paydi

16:17 / 20.06.2022