Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident O‘zbekiston metallurgiya kombinatidagi yangi loyihalar bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti va sanoat loyihalari bilan tanishish maqsadida 12 avgust kuni Bekobod shahriga keldi.

Bu yerning iqtisodiy-ijtimoiy rivojida O‘zbekiston metallurgiya kombinatining o‘rni katta. Uning tarkibida o‘nlab korxonalar, ijtimoiy muassasalar bor. Kombinatda 11 ming kishi ishlaydi.
Shu bois uning faoliyatini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda qator investitsiya loyihalari amalga oshirilib, yangi sexlar ishga tushirildi, borlari modernizatsiya qilindi.
Ulardan biri - navli prokat majmuasi. Qariyb 5 million dollarlik loyiha evaziga bu yerga xorijdan termo-mustahkamlash liniyasi keltirilib, joriy yil fevralda ishga tushirildi. Bu orqali yiliga 500 ming tonna A500-A800 markali armatura ishlab chiqarish quvvati yaratildi.
Davlat rahbari kombinatga tashrifi chog‘ida ushbu majmuani kirib ko‘rdi, loyihaning iqtisodiy samaradorligi bilan qiziqdi.
Avvalo, termo-mustahkamlash jarayonida kimyoviy moddalar tejalgani hisobiga armatura tannarxi kamaygan. Yiliga 300 million dollarlik import o‘rnini to‘ldirish hisob-kitob qilingan.
Yana bir muhim jihati, bu armatura xalqaro DIN standarti sertifikatini qo‘lga kiritgan. Endi ushbu mahsulotni Yevropaga eksport qilish rejalashtirilgan.
Prezident kombinatdagi yana bir muhim loyiha - Quyuv prokat majmuasining qurilish maydonida bo‘ldi.
672 million yevrolik ushbu loyiha natijasida yiliga 1 million tonna po‘lat listlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur loyiha ishga tushgach, kombinat quvvatlari 2 baravarga oshadi.
Bugungi kunda majmua uchun temir yo‘l va avtomobil yo‘li qurilishi yakunlanib, temir-beton konstruksiyalari o‘rnatilmoqda. Italiyaning «Danieli» kompaniyasi tomonidan zarur uskunalar keltirilmoqda. Uni 2024 yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.
Davlat rahbari buni jadallashtirish va korxonani kafolatlangan xomashyo bilan ta’minlash zarurligini ta’kidladi.
- O‘z vaqtida bu kombinat uchun 800-900 ming tonna ikkilamchi qora metallni qayta ishlash yetarli edi. Lekin bugungi kunda iqtisodiyotimizda qora metallga bo‘lgan talab 4 million tonna. Uning ham 50 foizi import hisobidan qoplanmoqda. Shuning uchun bu korxonani tezroq ishga tushirsak, iqtisodiyotimizga katta manfaat beradi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari ushbu loyihada ishtirok etayotgan Turkiyaning «Renaissance Heavy Industries» va Italiyaning «Danieli» kompaniyalari rahbarlari bilan ham suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
Mavzuga oid

17:10 / 15.06.2025
Bekobodda mikroavtobus poyezd bilan to‘qnashdi

13:16 / 03.06.2025
O‘zbekistonda ilk bor og‘ir texnika ishlab chiqarish boshlandi

22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi

10:37 / 11.04.2025