Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi oldida o‘zini yoqib yuborgan ayol vafot etdi
O‘lim shu yil 10 avgust kuni qayd etilgan. Sanobarxon Haydarovaning o‘limiga og‘ir kuyish jarohati sabab bo‘lgan.

Foto: Kun.uz
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 32-sexning 1-ta’mirlash-qurilish uchastkasi bo‘yoqchisi Sanobarxon Haydarova joriy yil 2 avgust kuni ertalab soat 08:30 lar chamasida zavodning 1-sektoriga kirish yo‘lagida ustidan benzin quyib, olov yoqib, o‘z joniga suiqasd qilgandi. Shifoxonaga yotqizilgan Haydarova ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 10 avgust kuni soat 7:00larda vafot etgan. Bu haqda Sanoat energetika guruhi matbuot xizmati rahbari Igor Gusenkov Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Dastlabki tibbiy ma’lumotga ko‘ra, bemorda alangadan (suitsid) bosh, yuz, bo‘yin, qorin, ikkala qo‘l yelka, bilak, kaft, barmoq, ikkala kurak, ikkala dumba, ikkala son sohalarining II – III AB darajali 70 % termik kuyishi, kuyish karaxtligi og‘ir daraja; yuqori nafas yo‘llarining I – II darajadan termik kuyishi qayd etilgan.
Sanobarxon Haydarovaning umumiy ahvoli o‘ta og‘ir deya baholangan. Bemor shifoxonada 8 kun mobaynida infuzion terapiya, oqsil o‘rnini bosuvchi suyuqliklar, bir xil guruhdagi qon zardobi (sinama bilan), antibakterial, davo, garmonal terapiya, og‘riq qoldiruvchi, O2 terapiya, mazli asseptik bog‘lam va simptomatik terapiya qilingan.
Yuqorida ko‘rsatilgan yordamlarga qaramasdan bemorda 10 avgust kuni soat 7:05 da biologik o‘lim holati qayd etilgan. Murda sud-medekspertizaga tekshiruvga yuborilgan.
Kun.uz’ga taqdim qilingan ma’lumotda aytilishicha, zavod marhumaning dafn hamda shu bilan bog‘liq ma’raka marosimlarini o‘tkazish uchun barcha xarajatlari to‘liq qoplanishi, jamoa shartnoma asosida oila a’zolariga, eng kam ish haqining 4 barobari miqdorida moddiy yordam ajratilishi, qaramog‘ida bo‘lgan balog‘at yoshidagi farzandlariga o‘qish va ta’lim olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun zarur moddiy yordam ajratilishi xamda zaruriyat bo‘lganda xayotda o‘z o‘rnini topishida amaliy yordam berish vazifalarini o‘z zimmasiga olgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

21:50 / 23.07.2025
Asalarilar o‘limi davom etmoqda. Moddiy zarar qoplanadimi?

21:52 / 22.07.2025
Farg‘onada adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashlagan shifokor qamaldi

16:09 / 18.07.2025
Tomda mehmonxona qurish mumkinmi?

09:04 / 18.07.2025