Moratoriyga qaramasdan Jizzaxda bir necha tup daraxt kesib tashlandi
Moratoriy e’lon qilinganiga qaramasdan joylarda daraxt kesish hanuz davom etmoqda.

Foto: Videodan kadr
Kun.uz manbasining xabar berishicha, Jizzax viloyati Do‘stlik tumani markazida, Savdogarbank binosi yonida joylashgan daraxtlar kesib tashlanmoqda.
Avvalroq Sirdaryo viloyati Guliston tumanida ariq bo‘yida o‘sib turgan 170 tup tol daraxti, Qashqadaryoda 10 tup tut daraxti noqonuniy tarzda kesib tashlangandi.
Shuningdek, Qarshi davlat universiteti hududida 38 tup daraxt noqonuniy kesilgan. Andijonda tug‘uruqxona oldidagi 12 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlangan. Bundan tashqari, Yunusobod tumanidagi Amir Temur va Chinobod ko‘chalari kesishmasida ekilgan eldor qarag‘aylari kechki payt noma’lum shaxslar tomonidan kesib ketilgan. Andijon va Toshkentdagi holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Prezidentning 30 dekabrdagi farmoni bilan, O‘zbekiston hududida daraxtlarni kesishga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgan, tartibni buzganlik uchun jarimalar 5 barobarga oshirilgan, yetkazilgan zarar 2 barobar qilib undirilishi belgilangan edi. Farmonda noqonuniy daraxt kesish holatlarini foto va videotasvirga olib jo‘natganlarga pul to‘lanishi ham ko‘zda tutilgan. Shunga qaramasdan, joylarda hamon noqonuniy daraxt kesish holatlari to‘xtamayapti.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Magistraturaga hujjatlar qabuli boshlandi
O‘zbekiston | 21:59
-
Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar bilan ushlandi
O‘zbekiston | 21:49
-
Rossiya dronlari yana Ukrainadagi harbiy komissariatlarga hujum qilmoqda
Jahon | 21:45
-
AQSh «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhidan terrorchi tashkilot maqomini olib tashladi
Jahon | 21:42
Mavzuga oid

19:58
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

18:45 / 30.06.2025
Jizzaxda «er kerak» reklama tadbirini uyushtirgan qizlar jarimaga tortildi

19:41 / 10.06.2025
Zominda sel tufayli avtomobil yo‘li yopilib qoldi

10:40 / 07.06.2025