Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida Mobil-ID tizimi joriy etilmoqda
Aholining davlat xizmatlaridan foydalanishini osonlashtirish maqsadida bugungi kunda shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi ishlab chiqilmoqda.
Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tizim fuqarolarga elektron raqamli imzodan foydalanmagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratadi.
Masalan, hozirda 3,1 milliondan ortiq faol elektron imzo mavjud bo‘lib, ularning amal qilish muddati 2 yilni tashkil etadi.
Mobil-ID tizimi esa, mobil aloqa xizmatlaridan foydalanayotgan 24 million aholi uchun alohida flesh-kartani olib yurmasdan xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.
Mavzuga oid

16:16 / 15.02.2025
Avtomobilga gaz uskunasini o‘rnatish uchun ruxsatnomani endi onlayn olish mumkin

16:02 / 08.01.2025
Shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron nusxasi ham rasman tan olinadi

11:49 / 01.12.2022
1 dekabrdan fuqarolik va migratsiya sohasida davlat xizmatini ko‘rsatish soddalashtiriladi

14:02 / 03.08.2022