Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr energetikasi sohasi regulyatori tashkil etiladi
O‘zbekistonda elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi regulyator tashkil etilishi kutilmoqda. “Ta’bir joiz bo‘lsa, Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini qanday nazorat qilsa, ushbu regulyator ham bozordagi barcha ishtirokchilarning faoliyatini tartibga solib turadi”, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov.

Foto: Kun.uz
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov 22 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi nutqida energetika sohasida qilinishi rejalashtirilgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Energetika va tabiiy gaz sohasida qilinayotgan ishlar haqida qisqacha axborot berib o‘tmoqchiman. Bu boradagi ishlar to‘xtayotgani yo‘q. Birinchidan, “O‘ztransgaz” AJning gaz sotib olish va sotish funksiyalarini yangi tuzilgan “UzGasTrade”tashkilotiga o‘tkazdik. Bu yerda kimlardadir bir cho‘ntak o‘rniga ikkinchi cho‘ntak paydo bo‘ldi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Ammo bunday bo‘lmaydi. 2026 yoki 2027 yilga borib gaz sohasida ulgurji bozorga o‘tamiz.
“O‘ztransgaz”ni gaz sotib olish va sotish funksiyalaridan ozod qilish uning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirishi kerak. Bu esa infrastrukturani yaxshilashga imkon beradi.
Elektr energetika sohasida ham xuddi shunga o‘xshash ishni qilmoqchimiz. “Milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini sotib olish va sotish funksiyasidan ozod qilinishi rejalashtirilmoqda. Gaz sohasida bo‘lgani kabi maxsus “Power Trade”(nomi hali rasman tasdiqlanmagan) nomli tashkilot tashkil qilinadi. Bu esa “Milliy elektr tarmoqlari” AJni qo‘shimcha funksiyalardan ozod etadi.
Elektr energetika sohasida regulyator tuzilib, energetika bozori ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash va amaldagi qonunchilikka rioya etilishi nazorat qilinadi. Ta’bir joiz bo‘lsa, Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini qanday nazorat qilsa, ushbu regulyator ham bozordagi barcha ishtirokchilarning faoliyatini tartibga solib turadi”, dedi Qo‘chqorov.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda 14 ta tuman va shaharda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga muqobil tarzda, iste’molchilarga elektr energiyasini sotadigan xususiy chakana elektr savdo kompaniyalari tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Kun.uz energetika sohasida 2022 yilga mo‘ljallangan rejalar tafsilotini yoritgan edi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi
Jahon | 14:49
-
Reuters: AQSh Trampning buyrug‘i bilan birinchi marta Ukrainaga qurol yuboradi
Jahon | 14:46
-
Hakerlar Braziliya banklaridan 140 million dollar o‘g‘irladi
Jahon | 14:31
-
Xitoy va O‘zbekiston konteyner tashuvlari bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
O‘zbekiston | 14:24
Mavzuga oid

09:02 / 04.06.2025
Jamshid Qo‘chqorov – energotariflar oshishi, iqtisodiy o‘sish va tashqi qarzlar haqida

14:00 / 06.05.2025
Ayrim davlat korxonalarining eksklyuziv huquqlari bekor qilinmoqda

20:09 / 03.02.2025
O‘zbekistondagi magistral gaz quvurlarida bosim pasayadi

19:28 / 18.12.2024