Xiva restavratsiya maktabi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, YuNeSKO xalqaro tashkiloti ko‘magida Xiva restavratsiya maktabi tashkil etiladi.

Foto: KUN.UZ
Maktab faoliyati YuNeSKO, Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish xalqaro kengashi, Madaniy boyliklarni asrash va restavratsiya qilish xalqaro tadqiqot markazi, O‘zbekistonda madaniy meros masalalari bo‘yicha tashkil qilingan Xalqaro maslahat qo‘mitasi, agentlik, shu jumladan uning Ilmiy-ekspert kengashi, «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti, Samarqand arxitektura-qurilish instituti hamda boshqa jismoniy va yuridik shaxslar bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Maktabning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– tegishli mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish va bu kurslarga mahalliy hamda chet ellik mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha taklif berish;
– «ustoz-shogird» an’analarini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlarni olib borish, shuningdek, sohaga yangi usul, material va texnologiyalar, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini tatbiq etish bo‘yicha ilmiy-amaliy asoslangan takliflar tayyorlash;
– malaka oshirish kurslarining tinglovchilarida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda ular ishtirokida moddiy madaniy meros obektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirishni tashkil qilishda ko‘maklashish;
– asrashga doir ishlar sohasida mahalliy va chet ellik ekspertlar ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar, anjuman va boshqa tadbirlar tashkil etish, shuningdek, uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va eng yaxshi tajribalarni ommalashtirishda ishtirok etish.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Madaniy meros obektlari restavratsiyasi direksiyasi va uning Xiva, Samarqand, Buxoro, Termiz, Shahrisabz va Qo‘qon shahar mintaqaviy markazlariga asos solingan edi. Xiva restavratsiya maktabi direksiyaning Xiva shahar mintaqaviy markazida tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi
O‘zbekiston | 12:02
-
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi
Jahon | 11:52
-
Hali Falastinda ham imkon bor. Osiyo saralashidagi intrigalar
Sport | 11:35
-
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26
Mavzuga oid

20:30 / 20.05.2025
Xivadagi Dishan qal’a qayta tiklanadi

14:08 / 02.05.2025
Xivadagi davlat tashkilotlari shahar chekkasiga ko‘chiriladi

22:15 / 01.05.2025
Xivada zamonaviy turizm majmuasi - «Arda Xiva» ochildi

20:54 / 01.05.2025