O‘zbekiston va Latviya Boltiqbo‘yi iqlim sharoiti uchun o‘zbek guruchining yangi navini yetishtiradi
O‘zbekistonning Rigadagi elchixonasi ko‘magida Toshkent davlat agrar universiteti (TDAU) prorektori Alisher Hasanov boshchiligidagi delegatsiyaning Latviyaga amaliy safari tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo
Tashrif davomida Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti (LLU) rektori Irina Pilvere bilan muzokaralar olib borildi, Yelgava shahrida joylashgan oziq-ovqat texnologiyalari va veterinariya tibbiyotiga ixtisoslashgan laboratoriya infratuzilmasi bilan tanishuv tashkil etildi.
O‘zbekiston diplomatik missiyasi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar yakunida Toshkent davlat agrar universiteti va Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti o‘rtasida 2022 yil 1 sentabrdan 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan ikki darajali ta’lim dasturi to‘g‘risida bitim imzolandi.
Hujjatda «Oziq-ovqat texnologiyasi» va «Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va innovatsiyalari» mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavriat ta’limini «2+2» formulasi bo‘yicha amalga oshirish, ya’ni talabalarning dastlabki 2 yil TDAUda va qolgan 2 yilni LLU'da o‘qishi belgilandi. O‘qishni muvaffaqiyatli bitirganlarga Yevropa ittifoqida tan olingan diplom beriladi.
Latviya tomoni bilan muzokaralar yakunida LLU ilmiy-laboratoriya infratuzilmasidan foydalangan holda Latviya tabiiy-iqlim sharoitiga moslashtirilgan o‘zbek guruchining yangi navini yetishtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ushbu loyihani amalga oshirishda ikki mamlakat universitetlari mutaxassislari ishtirok etadi. LLU loyiha uchun yer uchastkasini ajratadi. Loyiha muvaffaqiyatli bo‘lsa, Latviyada o‘zbek guruchini ishlab chiqarishni sanoatlashtirish istiqbollari ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi
Jahon | 02:44
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
Mavzuga oid

11:47 / 23.05.2025
Latviya Rossiya harbiy kompleksiga aloqadorlikda gumon qilingan kompaniyani tekshirmoqda

21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi

11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi

10:50 / 02.05.2025