KXDR “DXR” mustaqilligini tan oldi
“DXR” rahbari Denis Pushilinning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror kelgusidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun asos bo‘ladi.

Foto: RIA Novosti
KXDR Donetsk Xalq Respublikasi mustaqilligini tan oldi, deb ma’lum qildi “DXR” rahbari Denis Pushilin.
"Donetsk Xalq Respublikasining xalqaro maqomi va davlatchiligi mustahkamlanishda davom etmoqda. Bu diplomatiyamizning yana bir g‘alabasi", — deb yozdi u Telegram-kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror kelgusidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun asos bo‘ladi.
"Biz Donbass aholisini qo‘llab-quvvatlagani uchun KXDR xalqiga minnatdorlik bildiramiz", — deya qayd etdi Pushilin.
2022 yil 21 fevral kuni Putin Rossiya «DXR» va «LXR» mustaqilligini tan olishini e’lon qilgandi.
Mavzuga oid

22:14
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

22:17 / 10.03.2025
KXDR Yaponiyadan 1945 yilda o‘ldirilgan koreyslarning qarindoshlaridan kechirim so‘rashni talab qildi

17:19 / 10.03.2025
KXDR Sariq dengiz tomon ballistik raketalar uchirdi

18:41 / 05.03.2025