Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litvada Kaliningradga tranzit uchun sanksiyalar kuchga kirdi
Kaliningrad oblastiga Litva orqali yuk tashishni taqiqlash sement, spirt va Rossiyada ishlab chiqariluvchi boshqa bir qator tovarlarga taalluqlidir.

Foto: Picture Alliance
Litvada Yevropa ittifoqi hududiga sement, spirt va Rossiyada ishlab chiqariluvchi boshqa bir qator tovarlarni olib kirishni taqiqlash bo‘yicha qaror kuchga kirdi, cheklov Kaliningradga tranzitga ta’sir qiladi, deb xabar berdi Delfi portali. Ma’lumotni 11 iyul, dushanba kuni Vilnyusdagi Moliya vazirligi qoshidagi bojxona departamenti vakiliga tayanib, Reuters agentligi ham tasdiqladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, taqiq yog‘och va sanoat maqsadidagi kimyoviy moddalarga ham tegishlidir.
Litva Tashqi ishlar vazirligi Kaliningrad oblasti va Rossiya Federatsiyasining boshqa hududlari o‘rtasida yerusti tranziti to‘xtatilmagani yoki to‘sib qo‘yilmaganini ta’kidladi. «Yevroittifoq sanksiyalariga taalluqli bo‘lmagan yo‘lovchilar va yuklarning tranziti davom etmoqda. Litva ushbu tranzitga hech qanday bir tomonlama, individual yoki qo‘shimcha cheklovlar kiritmagan», - deyiladi TIV xabarida.
Tsement, spirt va boshqa mahsulotlarni olib kirish va tashishni taqiqlash Rossiyaning «bu tovarlardan katta daromad olishi va shu sababli Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtiruvchi harakatlar sodir etishi mumkinligi» bilan izohlangan. Ayrim istisnolar faqat kaliy xlorid va tarkibida azot, fosfor va kaliy bo‘lgan mineral yoki kimyoviy o‘g‘itlar uchun ko‘zda tutilgan, deya ta’kidlaydi Delfi portali.
Cheklovlarning navbatdagi kengayishi 10 avgustda yuz berishi kutilmoqda, o‘shanda ko‘mir va boshqa qattiq qazilma yoqilg‘ilarni tashishga taqiq amal qila boshlaydi.
Yevropa ittifoqi sanksiyalarining to‘rtinchi bosqichi Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy tajovuziga javob tariqasida mart oyida kiritilgan edi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp va Netanyahuning Oq uydagi muhokamalari, «Tolibon»ga qarshi xalqaro bayonotlar va bosh ko‘tarayotgan Eron-Isroil ziddiyati – kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida readmissiya to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
Jahon | 13:28
-
Ispaniya va Fransiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi
Jahon | 13:20
-
WSJ: Tramp Kiyevga yana bir Patriot tizimini berish haqida o‘ylamoqda
Jahon | 13:11
Mavzuga oid

23:47 / 08.07.2025
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi

13:26 / 08.07.2025
Fransiya: YeI Rossiyaga qarshi eng qattiq sanksiyalarni tayyorlamoqda

15:57 / 07.07.2025
Germaniya prezidenti: Litvani o‘z erkinligini himoya qilishda qo‘llab-quvvatlaymiz

12:37 / 07.07.2025