Volgogradda 24 yashar o‘zbekistonlik yigit jonlantirish bo‘limida vafot etdi
Jabrlanuvchini suv nasosi tortib ketgani aytilmoqda.

Foto: MTV.ONLAYN
Volgograd viloyatining Bikovskiy tumanida 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi nasosni ishga tushirmoqchi bo‘lganida og‘ir jarohat olib, 6 iyul kuni jonlantirish bo‘limiga tushgan.
Aniqlanishicha, u ko‘chma nasos stansiyasini ishga tushirmoqchi bo‘lgan vaqtida og‘ir tan jarohati olgan. Uning egnidagi uzun kiyim nasos va dvigatel o‘rtasidagi milga o‘ralib qolishi fojiaga sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Jabrlanuvchi 6 iyul kuni soat 03:45 da bosh yorilishi, miya chayqalishi, travmatik shok tashxisi bilan tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
8 iyul kuni ertalab 24 yashar o‘zbekistonlik shifoxonada vafot etgani ma’lum qilingan. Mahalliy OAV ichki ishlar organlaridan olgan ma’lumotiga asoslanib, jabrlanuvchi Rossiya hududida qonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelgani haqida xabar bergan.
Hozircha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda Bandlik va mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hodisa haqida hech qanday xabar bergani yo‘q. Marhumning jasadi O‘zbekistonga qachon olib kelinishi ma’lum emas.
2018 yil 15 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qaroriga muvofiq respublikadan tashqarida mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda vafot etgan fuqarolarning jasadlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan olib kelinishi belgilangan.
2021 yilda xorijda vafot etgan 518 nafar, 2019 yilda esa 308 nafar mehnat muhojirining jasadi vatanga qaytarilgan.
Mavzuga oid

00:44 / 04.06.2025
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi

11:21 / 16.05.2025
Tokioda O‘zbekistonning besh nafar fuqarosi qo‘lga olindi

23:58 / 15.05.2025
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi

17:50 / 02.05.2025