Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Rog‘un GESi qurilishiga investitsiya kiritadi
Ta’kidlanishicha, YeI Markaziy Osiyoning Rossiyaga energetik qaramligiga barham bermoqchi.

Foto: ejatlas.org
Yevroittifoq Tojikistondagi Rog‘un gidroelektrostansiyasi qurilishining asosiy investori bo‘ladi, deb xabar berdi Reuters agentligi.
Yevropa investitsiya banki (YeIB) Italiyaning Webuild qurilish kompaniyasi olib borayotgan GES qurilishiga haligacha mablag‘ ajratmagan, ammo ushbu haftada Yevrokomissiya bankdan loyihaning «yirik investori» bo‘lishni iltimos qildi, deb xabar qilgan agentlikka bank vakili.
YeIB vakili bo‘lajak investitsiyalarning miqdori va sababi to‘g‘risidagi savollarga javob bermagan. Ismini aytishni istamagan yevropalik amaldorlardan birining aytishicha, YeI Markaziy Osiyoning Rossiya energiyasiga qaramligini kamaytirish uchun Tojikistondagi Rog‘un gidroelektrostansiyasi qurilishining asosiy investori bo‘lishni xohlamoqda.
YeI «Markaziy Osiyoning Rossiyaga energetik qaramligiga barham bermoqchi», deb ta’kidlagan u.
Rog‘un GESi qurilishi 2016 yildan buyon davom etmoqda. Loyiha qiymati 8 mlrd dollar atrofida bo‘lib, undan 3 mlrd dollari ishlatildi, degan Tojikiston energetika vaziri Daler Juma.
Loyiha asosan Tojikiston davlat obligatsiyalari va xususiy qarzlar hisobiga moliyalashtirilgan.
Loyihaga ko‘ra, GES har birining quvvati 600 mVtni tashkil etuvchi oltita agregatdan iborat bo‘ladi. Stansiya tosh-shag‘al to‘g‘onining balandligi 335 metrni tashkil etadi. U dunyodagi eng baland to‘g‘on bo‘lishi kutilyapti.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekiston | 07:51
-
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi
Jahon | 07:47
-
Farmatsevtika agentligining asosiy vazifalari qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston | 07:43
-
Londonda Palestine Action tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olindi
Jahon | 07:30
Mavzuga oid

21:29 / 13.07.2025
Yevrkomissiya rahbari AQSh bojlariga javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi

14:07 / 12.07.2025
Mers Ukrainaning tiklanishi uchun zarur shartlarni sanab o‘tdi

08:34 / 11.07.2025
YeI asosiy xomashyoni zaxiralab qo‘yishga chaqirdi

18:26 / 10.07.2025